Dinlar

Dunyodagi barcha dinlar

Quyida dunyo dinlariga mansub jami 11 ta din mavjud.

Islom dini

Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-Islām — “boʼysunish, itoat etish”) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha “muslim” (“sadoqatli”; koʼpligi “muslimun”) deb ataladi.

Yahudiylik

Yahudiylikning muqaddas kitoblarida Bani Isroil bilan Tangri orasidagi “ahd”ga keng oʼrin berilgani uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun ham, bu din “Аhd” dini sifatida ham eʼtirof etiladi.

Buddaviylik

Buddaviylik milodning I asrida Xitoyga tarqalgan boʼlsa, IV asrda Koreyaga, VI asrda Yaponiyaga, VII asrda Tibetga yoyildi.

Zardushtiylik

Spitama qabilasidan boʼlgan Pourushaspa oʼgʼli Аshoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra “boqiy yulduz” va “chiroyli tuyalarga ega boʼlgan”) ushbu dinning asoschisi hisoblanadi.

Sikxiylik

Sikxiylik, islom va hinduiylik dinlari aralashmasidan hosil boʼlgan diniy harakatdir. Hozirgi kunda hind diniy va siyosiy hayotida muhim oʼrin egallagan bu dinning 17 millionga yaqin izdoshlari mavjud.

Xristianlik

Xristianlik dini buddizm va islom dinlari qatorida jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ularning miqdori boshqa dinlarga qaraganda eng koʼp…

Konfutsiylik

Konfutsiylikning Xitoy milliy diniga aylanishi uzoq vaqt davom etgan tarixiy jarayondir. U oʼzini “din asoschisi” deb hisoblamagan boʼlsa–da, vafotidan keyin uning taʼlimoti din sifatida shakllandi.

Daolik

Xitoy milliy dinlaridan biri boʼlgan daochilik taxminan mil. avv. IV – III asrlarda konfutsiylik bilan bir davrda paydo boʼlgan.

Jayniylik

Taxminan toʼrt ming yillik oʼtmishni oʼz ichiga oluvchi Vedalarga asoslangan, braxmanlikka qarshi oʼlaroq mil.avv. VI asrda Buddavviylik va Jayniylik dinlari yuzaga keldi.

Hinduiylik

Dunyoga “hinduiylik” nomi bilan tanilgan din bashariyatning eng qadimiy eʼtiqodlaridan biri hisoblanadi. 

hindu, malaysia, asia-2628776.jpg

Sintoiylik

VII–VIII asrlarda toʼla shakllangan Sintoiylik (xitoycha, “shin”,“sin”– Xudo va “dao”, “to” – yoʼl, yaʼni, Xudolar yoʼli) yapon xalqi diniy eʼtiqodi…

Scroll to Top