Sikxiylik dini

Sikxiylik dini

Tarix

Sikxiylik, islom va hinduiylik dinlari aralashmasidan hosil bo‘lgan diniy harakatdir. Hozirgi kunda hind diniy va siyosiy hayotida muhim o‘rin egallagan bu dinning 17 millionga yaqin izdoshlari mavjud. Sikxiylik Hindiston xalqi diniy tafakkurining bir bosqichi sifatida kuchli islohotchilik harakatlari zaminida yuzaga keldi. Bu harakat Ramanand, Gorakxnatx, Chaytanyax, Kabir va Vallabxacharya nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, butun XVI asrni o‘z ichiga oldi. Mazkur dinga Panjobda guru, ya’ni ustoz Nanak (1469–1539) tomonidan asos solinib, unga ergashganlar o‘zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan. “Sikx” atamasi g‘arbliklar tomonidan bu dinga “sikxiylik” nomi berilishiga sabab bo‘lgan. Panjobliklarning o‘zi dinlarini “gurmat” deb ataydilar. Guru Nanak 1469 yili, hozir Nankana Sohib deb nomlanuvchi, Talvandi qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning bolaligi va o‘smirlik davri shu qishloqda o‘tgan. U bu qishloqdan chiqib ketishidan avval oila qurgan va ikkita o‘g‘li bo‘lgan. Kambag‘al bo‘lishiga qaramay u kshatriylar oilasiga mansub hind muhiti farzandi edi. Nanak Talvandi qishlog‘ini (Nankana Sohib) tashlab, Sultonpur shahriga boradi. U yerda musulmon bir idorachining xizmatiga ishga kiradi va bir necha yil shu vazifada xizmat ko‘rsatadi. Rivoyatlarga ko‘ra, u zohidona hayot kechiradi, natijad unga “Yaratuvchi, qo‘rquv va dushmanlikdan uzoq, tug‘ilmagan, zoti bilan qoim, Ulug‘ bir tangrining mavjudligi” ko‘rinishida ma’ruza qilish vazifasi topshiriladi. Shu sabab bo‘lib Nanak, 1500 yillarda Sultonpurni tark etib, yakkayu–yagona bo‘lgan “tangri”si haqidagi tushunchalarini keng targ‘ib qila boshlaydi. Bu mavzudagi ma’ruzalari bilan anchagina obro‘–e’tiborga yetishgan Nanak, muqaddas joylarni ziyorat qilgan va turli din vakillari bilan tortishgan. Bu orada uning sharafiga bir boy tomonidan Ravi daryosi qirg‘og‘ida qurilgan Kartapur qishlog‘iga joylashadi va hayotining so‘nggi o‘n yilini shu yerda o‘tkazadi. Bu qishloqda o‘zi ko‘tarib chiqqan yangi e’tiqodni yoyishni boshlaydi. 1539 yil, 70 yoshida, shu qishloqda hayotdan ko‘z yumadi. Ortidan esa ikki o‘g‘il va ko‘p sonli sikx – shogirdlar qoldiradi. Islomiy fikrlardan foydalangan Nanak, dastlab bir din qurish da’vosida bo‘lmagan. U Hinduiylikning urf, odat va madaniyatini tozalash, ko‘pxudolik, butparastlik va kasta tizimini yo‘q qilib, islom bilan Hinduiylik orasida o‘rta yo‘lni topishni maqsad qilgan edi. Dastlab siyosiy ko‘rinishda boshlangan bu harakat, keyinchalik diniy tus olgan. Islom mutasavviflarining ta’siri ostida qolgan Nanak, Hindiston shimolida ma’ruzalar qilgan va sinkretist Sikx harakatining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. U islomning yakkaxudo va uning sifatlari kabi ba’zi jihatlarini o‘zlashtirib olgan. Unga ko‘ra tangri bir, abadiy, ko‘zga ko‘rinmas, so‘z bilan tushuntirib bo‘lmas, hamma joyda hoziru–nozirdir. Shu bilan birga, u hind falsafasi asoslaridan bo‘lmish “nirvana”, reinkarnatsiya tushunchalarini saqlab qolgan hamda avataralarga ishonishni inkor qilgan. Nanak vafotidan so‘ng uning ta’limoti 9 guru tomonidan davom ettirildi. Sikxlar e’tiqodiga ko‘ra Guru Nanakning ruhi o‘zidan keyingi uztozlarga ko‘chib o‘tar emish. Shunday qilib, Nanakdan keyin 2–guru vazifasini kuyovi Angad bajargan. Undan so‘ng Amar Das, Ram Das, Arjun, Xargobind, Xar Ray, Xari Kishen, Tegx Bahodir va so‘nggi guru Govind Singx bo‘lgan.

Sikxiylikning bugungi holatiga kelishida Govind Singxning o‘rni katta bo‘lgan. Aynan uning tashabbusi bilan “Xalsa” deb nomlanuvchi jamoa tuzilgan. Xalsa, kuchli e’tiqodga ega bo‘lgan sikxlar guruhi bo‘lib, unda o‘ziga xos ichki tartib–qoidalar mavjud. Jumladan, unga kirishni istaganlar paxul deb nomlanuvchi maxsus marosimidan o‘tishi va “k” harfi bilan boshlanuvchi besh asosni amalga oshirishlari shart. Bular:
1) Kesh – soch va soqollarning olinmasligi;
2) Kangxa – taroq taqilishi va salla bilan ularning tartibining ta’minlanishi;
3) Kach – tizza ostida bog‘lanuvchi shim kiyilishi;
4) Kara – o‘ng bilak ustiga po‘lat bilakuzuk taqilishi;
5) Kirpan – Hanjar olib yurish.
Shuingdek, xalsa a’zolariga alkogolli ichimliklar ichish, sigaret chekish taqiqlanadi.
Sikxiylik ta’limotiga ko‘ra hinduiylikdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh bir ilohiyotda mujassam bo‘ladi. U nirgun (“sifatlardan holi”) va sagun (“sifatlar egasi”) deb talqin qilinadi. Uning asosiy holati nirgun bo‘lib, bu holat har qanday sifatlardan holidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u o‘z xohishi bilan sagun holatiga o‘tadi. Uning tomonidan yaratilgan dunyo o‘zgaruvchan va foniydir. Ilohiyot esa – abadiy. U azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo‘lish, tug‘ilmaganlik, o‘lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini anglatadi. Xudoga bo‘lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo‘lini tutgan har bir inson Unga yetishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin. Xudoga ibodat qilish, Sikxiylik ta’limoti bo‘yicha, aslo dunyoviy hayotdan uzilishni, rohiblik yo‘lini tutishni anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, to‘la mehnatni va oiladagi o‘z vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga to‘la amal qilish pirovard natijada tug‘ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan birlashib ketishiga olib keladi. Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bo‘lishi mumkin.
Sikxlarning diniy va ijtimoiy faoliyatlari markazi Amritsar oltin ibodatxonasidir. Ayni damda, gurdvara deb nomlanuvchi mahalliy ibodatxonalari ham mavjud. Ibodatxona sikxlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Gurdvarada qilingan ibodat, muqaddas kitobning pesajlarining o‘qilishidan iborat. Bu yerga kirgan har bir sikx, darhol muqaddas kitobga qarab intiladi va peshonasini yerga taqaydi.
Bugungi kunda sikxlar asosan Hindistonning Panjob shtatida istiqommat qiladilar. Sonlarining ozligiga qaramasdan mudofaa, transport, siyosat, sport, ta’lim va iqtisod soxalarida o‘ziga xos mavqe’ga egalar.

Sikxizm diniy manbalari orasida “Adi Grantx” (Birinchi kitob) markaziy o‘rin tutib, u asosan “Guru Grantx Sohib” nomi bilan mashhur. Sikxlar nazdida “Adi Grantx” “muqaddas kitob” emas, balki ularning doimiy “gurusi, yo‘riqchisi va ustozi” hisoblanadi va “Guru Grantx Sohib”dagi har qanday fikr qarshiliksiz “ilohiy adolatga tayangan jamiyat asosi” sifatida qabul qilinadi.
Adi Grantxning umumiy tuzilishi uning uzoq yillar davomida shakllanib, hajm jihatdan kattalashib borganini ko‘rsatadi. Guru Nanak (1469–1539), hindlarning odati bo‘yicha yozma an’analarni rad etgan holda, uning o‘rniga «muqaddas [og‘zaki] so‘z» haqidagi mistik qarashlarni ilgari surdi. Shu sababli ham “Japji” va undagi madhiyalar og‘zaki ravishda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Nanak o‘rniga gurulik vazifasini egallagan Angad gurmuxi tili uchun panjabi alifbosini yaratgan va keyinchalik Adi Grantx ushbu alifbo asosida yozma holatga keltirilgan. Uchinchi guru Amar Das, o‘z she’rlari va o‘zidan avvalgi ikki ustoz hamda sikxizm ta’limoti shakllanishidan oldingi davrda tarqalgan mistik she’riyat namunalarini bir joyga jamlashga muvaffaq bo‘lgan. Beshinchi guru Arjan bu she’riyat namunalarini qayta ko‘rib chiqib, 1603–1604 yillarda ularga yaxlit shaklda Adi Grantx nomini bergan. Chunki, bu davrga kelib, Arjanning raqiblari sikxizmni buzish va uni Arjan rahbarligidan qaytarish maqsadida Nanakga nisbat berilgan to‘qima kitoblarni yozishgan va tarqatishgan. Bunga javoban esa Arjan Adi Grantxni tuzgan deyiladi.
Oltinchi guru, Arjanning o‘g‘li Xar Gobind, sikx harakatining asl tinchlikparvar qarashlarini jangarilikka o‘zgartirdi. O‘ninchi va oxirgi guru Gobind Singxni esa sikxlar Nanakdan keyin o‘zlarining eng muhim yetakchisi deb bilishadi. 1708 yilda Gobind Singx vafotidan oldin gurulik silsilasi tugaganligini e’lon qildi. Shu vaqtdan boshlab, Gobind tomonidan oxirgi o‘zgartirish kiritilgan va hozirgi shaklga keltirilgan Adi Grantx sikx jamoasining yagona gurusi sifatida qabul qilindi. Shunday qilib, tom ma’noda guruning ruhini o‘z ichiga olgan kitob o‘laroq Adi Grantx sikxlarning ma’naviy ustoziga aylandi.
Yuqorida zikr qilinganidek, Guru Grantx Sohib sikxlarning beshinchi gurusi Guru Arjan Dev tomonidan 1601-1604 yillar oralig‘ida tayyorlangan. “Grantx” boshida Guru Arjan tarafidan “Potxi Sohib” deb nomlanib, tantanavor ravishda Xarmandir Sohib (“Xudoning uyi”)ga topshirilgan. Keyinchalik o‘ninchi guru Guru Gobind Sinkx otasi Guru Tegx Baxadurga tegishli 115 ta madhiyani Adi Grantxga qo‘shadi va ushbu o‘zgartirishdan so‘ng yuqorida aytilganidek, “Shri Guru Grantx Sohib” nomi berilgan. 1708 yil Guru Gobind Sinkx vafot etgach, Baba Dep Sinkx va Bxai Mani Sinkx tarqatish maqsadida undan bir necha nusxa oldiradilar. Aslida, “Guru Grantx Sohib” Guru Nanak Dev, Guru Angad Dev, Guru Amar Das, Guru Ram Das hamda bir qator hind (Ravidas, Ramananda, Bxagat Bxikan, Namdev) va musulmon (Kabir va Shayx Farid) mutaffakirlari hikmatlarini o‘z ichiga olgan.
“Grantx” 1430 ta sahifadan iborat bo‘lib, 39 bo‘limga ajratilgan. “Adi Granth” bugungi kunda tarqalgan barcha nusxalari ushbu shaklda saqlanib kelayotganligi uning muhim jihatlaridan sanaladi. Bu holatning shakllanishi esa din ta’limotiga “dindorlar unga biror o‘zgartirish kiritishi taqiqlanishi” haqida qoidani mustahkamlanib qo‘yilishi bilan bog‘liq.
“Adi Grantx”ning asosiy tarkibini tashkil etuvchi uchta qism ularning ahamiyati bo‘yicha joylashtirilgan. Birinchisi va eng muhimi “Japji” (“Sharafli qiroat”) nomlanib, sikxizmning ustuvor qarashlarini ifodalovchi she’riy parchalardan iborat. Guru Nanak tomonidan yozilgan deb e’tiqod qilinadigan “Japji” Adi Grantxning qolgan qismidan kuyga solinuvchi madhiyalar yo‘qligi bilan ajralib turadi. “Japji”ga o‘n to‘rtta madhiya qo‘shilgan, ularning barchasi keyinchalik Adi Grantx tarkibiga kirdi. Adi Grantxning ikkinchi asosiy qismi uzun “raga” («kuylar») to‘plami bo‘lib, ular o‘ttiz to‘qqiztani tashkil etadi. Har bir raga turli xil she’riy o‘lchovlar va uzunliklarga bo‘linadi, ularning biri ikkinchisidan guru nomi bilan ajratilgan va gurularning xronologik tartibi bo‘yicha davom etadi. Har bir guru o‘zini odatda «madhiya» oxirida «Nanak» deb atagan bo‘lsa-da, o‘quvchi madhiya muallifi bo‘lmish guruni “Mahala” atamasi oldidagi raqam orqali aniqlashi mumkin. Masalan, “Mahala 1” Guru Nanakni, “Mahala 2” Guru Angadni, “Mahala 5” Guru Arjanni bildiradi. Adi Grantxning uchinchi asosiy qismi – bu yigirma oltita kichik kitoblarning aralash to‘plamidan iborat bo‘lib, ular “voqealar batafsil yoritilgan ragalar” sifatida tilga olinadi. Bundan tashqari, unda sikxizmning ilk davrida e’tirof etilgan va keng muomalada bo‘lgan hind mutafakkir va musulmon mutasavviflarining she’rlari joy olgan. Sikxlar bu inklyuzivlikni har doim o‘z urf -odatlarining universalligining isboti deb bilishgan. Hozirgi vaqtdagi Adi Grantxning materiallari milodiy 1100-yillardagi Jaidev (gurular qatorida sanalmaydi) madhiyalaridan to 1675 yilda vafot etgan to‘qqizinchi guru Teg Bahadur madhiyalarigacha bo‘lganni o‘z ichiga oladi.
Adi Grantx, madhiya ko‘rinishida sikx e’tiqodi shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Adi Grantxda asosan axloqiy poklikka e’tibor qaratilgani uchun islom va hinduizmdagi kabi ritualizm va formalizmni inkor etadi. Hind kastasining tuzilishi bir necha bor rad etilib, hamma insonlar tengligi urg‘ulanadi. Karma va reinkarnatsiya qabul qilinsa-da, lekin sikxizm amaliyoti dinga ergashuvchilarni qayta tug‘ilishdan ozod etib, jannatga kirishga sabab bo‘ladi, deb hisoblanadi. Eng muhimi, Adi Grantx yagona Xudo va unga g‘aybiy sadoqat ko‘rsatish haqidagi qat’iy ta’limotni ilgari suradi. Bu ta’limot Xudoni sevish, U haqida mulohaza yuritish va Uning haqiqati bilan yashash orqali najot erishish haqida ta’lim beradi. Sikx bo‘lmay turib, Adi Grantxni o‘qigan o‘quvchi behuda vaqt o‘tkazgan, deb hisoblanadi. Bu haqidagi ma’lumotlar “janam-saxi” («tug‘ilish haqidagi hikoyalar»)larga yig‘ilgan. Bu janamsaxilar an’anaviy va afsonaviy rivoyatlar sanalib, ular dindor sikxlar orasida semikonanik (semicanonical) maqomga ega.
Adi Grantxning asosiy tili – panjabidir. Adi Grantx matnlarida hindi va boshqa bir qancha Shimoliy Hindistondagi elatlar tillaridan kuchli ta’sir belgilari uchraydi. Adi Grantxda XV-XVI asrlarda Hindiston shimolidagi diniy shoirlar tomonidan ishlatilgan panjabi tilining Sadxukari (yoki Sant-Basha) lahjasidan foydalanilgan. Uning tili har bir Adi Grantx rasmiy o‘quvchisi uchun maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan darajada murakkab bo‘lsa-da, lekin ko‘pchilik avom sikxlar uning matnlari umumiy ma’nosini yaxshi tushunadilar.
Dasam Grant yoki «O‘ninchi kitob» – bu sikxlar uchun ikkinchi darajali muqaddas asar, asosan Adi Grantxda topilmagan afsonaviy rivoyatlardan iborat. Dasam Grantning ba’zi qismlari, ayniqsa Gobind Singx ta’limoti mashhur va sikxlar orasida juda ko‘p ishlatiladi. Uning mashhur bayoni tez-tez takrorlanadi: «Ma’bad va masjid bir mohiyatga ega; puja [hind ibodati] va [musulmon] sajdasi ham shunday. Hamma insonlar ham yagona, lekin ular turfaxildek ko‘rinadi». Albatta bunday bag‘rikenglikni ifodalovchi so‘zlar bilan bir qatorda, sikxlarning jangarilik xususiyatlari ham alohida ta’kidlanadi.
Sikxizm diniy manbalari orasida “Adi Grantx” (Birinchi kitob) markaziy o‘rin tutib, u asosan “Guru Grantx Sohib” nomi bilan mashhur. Sikxlar nazdida “Adi Grantx” “muqaddas kitob” emas, balki ularning doimiy “gurusi, yo‘riqchisi va ustozi” hisoblanadi va “Guru Grantx Sohib”dagi har qanday fikr qarshiliksiz “ilohiy adolatga tayangan jamiyat asosi” sifatida qabul qilinadi.
Adi Grantxning umumiy tuzilishi uning uzoq yillar davomida shakllanib, hajm jihatdan kattalashib borganini ko‘rsatadi. Guru Nanak (1469–1539), hindlarning odati bo‘yicha yozma an’analarni rad etgan holda, uning o‘rniga «muqaddas [og‘zaki] so‘z» haqidagi mistik qarashlarni ilgari surdi. Shu sababli ham “Japji” va undagi madhiyalar og‘zaki ravishda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Nanak o‘rniga gurulik vazifasini egallagan Angad gurmuxi tili uchun panjabi alifbosini yaratgan va keyinchalik Adi Grantx ushbu alifbo asosida yozma holatga keltirilgan. Uchinchi guru Amar Das, o‘z she’rlari va o‘zidan avvalgi ikki ustoz hamda sikxizm ta’limoti shakllanishidan oldingi davrda tarqalgan mistik she’riyat namunalarini bir joyga jamlashga muvaffaq bo‘lgan. Beshinchi guru Arjan bu she’riyat namunalarini qayta ko‘rib chiqib, 1603–1604 yillarda ularga yaxlit shaklda Adi Grantx nomini bergan. Chunki, bu davrga kelib, Arjanning raqiblari sikxizmni buzish va uni Arjan rahbarligidan qaytarish maqsadida Nanakga nisbat berilgan to‘qima kitoblarni yozishgan va tarqatishgan. Bunga javoban esa Arjan Adi Grantxni tuzgan deyiladi.
Oltinchi guru, Arjanning o‘g‘li Xar Gobind, sikx harakatining asl tinchlikparvar qarashlarini jangarilikka o‘zgartirdi. O‘ninchi va oxirgi guru Gobind Singxni esa sikxlar Nanakdan keyin o‘zlarining eng muhim yetakchisi deb bilishadi. 1708 yilda Gobind Singx vafotidan oldin gurulik silsilasi tugaganligini e’lon qildi. Shu vaqtdan boshlab, Gobind tomonidan oxirgi o‘zgartirish kiritilgan va hozirgi shaklga keltirilgan Adi Grantx sikx jamoasining yagona gurusi sifatida qabul qilindi. Shunday qilib, tom ma’noda guruning ruhini o‘z ichiga olgan kitob o‘laroq Adi Grantx sikxlarning ma’naviy ustoziga aylandi.
Yuqorida zikr qilinganidek, Guru Grantx Sohib sikxlarning beshinchi gurusi Guru Arjan Dev tomonidan 1601-1604 yillar oralig‘ida tayyorlangan. “Grantx” boshida Guru Arjan tarafidan “Potxi Sohib” deb nomlanib, tantanavor ravishda Xarmandir Sohib (“Xudoning uyi”)ga topshirilgan. Keyinchalik o‘ninchi guru Guru Gobind Sinkx otasi Guru Tegx Baxadurga tegishli 115 ta madhiyani Adi Grantxga qo‘shadi va ushbu o‘zgartirishdan so‘ng yuqorida aytilganidek, “Shri Guru Grantx Sohib” nomi berilgan. 1708 yil Guru Gobind Sinkx vafot etgach, Baba Dep Sinkx va Bxai Mani Sinkx tarqatish maqsadida undan bir necha nusxa oldiradilar. Aslida, “Guru Grantx Sohib” Guru Nanak Dev, Guru Angad Dev, Guru Amar Das, Guru Ram Das hamda bir qator hind (Ravidas, Ramananda, Bxagat Bxikan, Namdev) va musulmon (Kabir va Shayx Farid) mutaffakirlari hikmatlarini o‘z ichiga olgan.
“Grantx” 1430 ta sahifadan iborat bo‘lib, 39 bo‘limga ajratilgan. “Adi Granth” bugungi kunda tarqalgan barcha nusxalari ushbu shaklda saqlanib kelayotganligi uning muhim jihatlaridan sanaladi. Bu holatning shakllanishi esa din ta’limotiga “dindorlar unga biror o‘zgartirish kiritishi taqiqlanishi” haqida qoidani mustahkamlanib qo‘yilishi bilan bog‘liq.
“Adi Grantx”ning asosiy tarkibini tashkil etuvchi uchta qism ularning ahamiyati bo‘yicha joylashtirilgan. Birinchisi va eng muhimi “Japji” (“Sharafli qiroat”) nomlanib, sikxizmning ustuvor qarashlarini ifodalovchi she’riy parchalardan iborat. Guru Nanak tomonidan yozilgan deb e’tiqod qilinadigan “Japji” Adi Grantxning qolgan qismidan kuyga solinuvchi madhiyalar yo‘qligi bilan ajralib turadi. “Japji”ga o‘n to‘rtta madhiya qo‘shilgan, ularning barchasi keyinchalik Adi Grantx tarkibiga kirdi. Adi Grantxning ikkinchi asosiy qismi uzun “raga” («kuylar») to‘plami bo‘lib, ular o‘ttiz to‘qqiztani tashkil etadi. Har bir raga turli xil she’riy o‘lchovlar va uzunliklarga bo‘linadi, ularning biri ikkinchisidan guru nomi bilan ajratilgan va gurularning xronologik tartibi bo‘yicha davom etadi. Har bir guru o‘zini odatda «madhiya» oxirida «Nanak» deb atagan bo‘lsa-da, o‘quvchi madhiya muallifi bo‘lmish guruni “Mahala” atamasi oldidagi raqam orqali aniqlashi mumkin. Masalan, “Mahala 1” Guru Nanakni, ’Mahala 2” Guru Angadni, “Mahala 5” Guru Arjanni bildiradi. Adi Grantxning uchinchi asosiy qismi – bu yigirma oltita kichik kitoblarning aralash to‘plamidan iborat bo‘lib, ular “voqealar batafsil yoritilgan ragalar” sifatida tilga olinadi. Bundan tashqari, unda sikxizmning ilk davrida e’tirof etilgan va keng muomalada bo‘lgan hind mutafakkir va musulmon mutasavviflarining she’rlari joy olgan. Sikxlar bu inklyuzivlikni har doim o‘z urf -odatlarining universalligining isboti deb bilishgan. Hozirgi vaqtdagi Adi Grantxning materiallari milodiy 1100 -yillardagi Jaidev (gurular qatorida sanalmaydi) madhiyalaridan to 1675 yilda vafot etgan to‘qqizinchi guru Teg Bahadur madhiyalarigacha bo‘lganni o‘z ichiga oladi.
Adi Grantx, madhiya ko‘rinishida sikx e’tiqodi shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Adi Grantxda asosan axloqiy poklikka e’tibor qaratilgani uchun islom va hinduizmdagi kabi ritualizm va formalizmni inkor etadi. Hind kastasining tuzilishi bir necha bor rad etilib, hamma insonlar tengligi urg‘ulanadi. Karma va reinkarnatsiya qabul qilinsa-da, lekin sikxizm amaliyoti dinga ergashuvchilarni qayta tug‘ilishdan ozod etib, jannatga kirishga sabab bo‘ladi, deb hisoblanadi. Eng muhimi, Adi Grantx yagona Xudo va unga g‘aybiy sadoqat ko‘rsatish haqidagi qat’iy ta’limotni ilgari suradi. Bu ta’limot Xudoni sevish, U haqida mulohaza yuritish va Uning haqiqati bilan yashash orqali najot erishish haqida ta’lim beradi. Sikx bo‘lmay turib, Adi Grantxni o‘qigan o‘quvchi behuda vaqt o‘tkazgan, deb hisoblanadi. Bu haqidagi ma’lumotlar “janam-saxi” («tug‘ilish haqidagi hikoyalar»)larga yig‘ilgan. Bu janamsaxilar an’anaviy va afsonaviy rivoyatlar sanalib, ular dindor sikxlar orasida semikonanik (semicanonical) maqomga ega.
Adi Grantxning asosiy tili – panjabidir. Adi Grantx matnlarida hindi va boshqa bir qancha Shimoliy Hindistondagi elatlar tillaridan kuchli ta’sir belgilari uchraydi. Adi Grantxda XV-XVI asrlarda Hindiston shimolidagi diniy shoirlar tomonidan ishlatilgan panjabi tilining Sadxukari (yoki Sant-Basha) lahjasidan foydalanilgan. Uning tili har bir Adi Grantx rasmiy o‘quvchisi uchun maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan darajada murakkab bo‘lsa-da, lekin ko‘pchilik avom sikxlar uning matnlari umumiy ma’nosini yaxshi tushunadilar.
Dasam Grant yoki «O‘ninchi kitob» – bu sikxlar uchun ikkinchi darajali muqaddas asar, asosan Adi Grantxda topilmagan afsonaviy rivoyatlardan iborat. Dasam Grantning ba’zi qismlari, ayniqsa Gobind Singx ta’limoti mashhur va sikxlar orasida juda ko‘p ishlatiladi. Uning mashhur bayoni tez-tez takrorlanadi: «Ma’bad va masjid bir mohiyatga ega; puja [hind ibodati] va [musulmon] sajdasi ham shunday. Hamma insonlar ham yagona, lekin ular turfaxildek ko‘rinadi». Albatta bunday bag‘rikenglikni ifodalovchi so‘zlar bilan bir qatorda, sikxlarning jangarilik xususiyatlari ham alohida ta’kidlanadi.
Sikxizm diniy manbaga nisbatan o‘zining yuksak ehtiromi va undan keng istefoda etishi bilan dunyo dinlari orasida ajralib turadi. Quyidagi ikkita vinetka buni aks ettirgan:
Hindiston, Amritsardagi Oltin ibodatxonasi darvozasi oldidagi ko‘prikda yurib ketayotgan sallali odam. Ichkariga kirgandan so‘ng, u markazidagi va yagona hurmat nuqtasi, Adi Granth nomli katta bitik kitobiga yaqinlashadi. Baland naqshinkor chodir ostida baland yostiqchalarga joylashtirilgan Grantni rasmiy o‘quvchi o‘qiydi, u erda to‘plangan dindorlar esa pichirlab jo‘r bo‘ladilar. Ibodatxonaga tashrif buyurgan sikh, qiroat ohangiga berilib, kaftlarini bir-biriga birlashtirib, kitob oldida tiz cho‘kib ta’zim qilmoqda.
O‘zlarining mahalliy ma’badidagi sikxlar hayotning ketma-ket uchta marosimini ko‘rishadi. Birinchidan, chaqaloqni nomlash uchun olib kelishadi; Adi Grantxning tasodifan ochiq turgan sahifaning chap qismidagi birinchi harf bolaning ismining birinchi harfi bo‘ladi. Ikkinchidan, yosh er-xotin turmush qurish payti keladi; marosim paytida, er-xotin, hayotlari davomida ularga nikoh madhiyasi sifatida hamrohlik qilishi uchun o‘qilayotgan Grantx atrofini bir necha marta aylanadilar. Uchinchidan, vafot etgan Sikxning qarindoshlari dafn marosim uchun ibodatxonaga kelishadi; bu yerda muhim jihat – bu rasmiy dindor tomonidan butun Grantxni o‘qish chiqish, qarindoshlar esa o‘qishni tantanali yakunlash uchun hozir bo‘lishadi.
Adi Grantx matnlaridan sikxlar orasida keng miqyosda foydalanishi uning nufuzini ko‘rsatadi. Sikxlar odatda Adi Grantni hurmatlab “Shri Guru Grant Sahib” (qisqacha “Guru Grant” – «Hurmatli buyuk ustoz) deb nomlashadi. Bu nom Sikx diniy manbalarining yuzaga kelish tarixi bilan bog‘liq. Sikxlarning e’tiqodicha, ularning har bir gurusi bir ruh, ya’ni Nanak ruhiga borib taqaladi. Ular, shuningdek, oxirgi guru Gobind Singx bu ruh va uning guru maqomini Adi Grantxga bergan, deb ishonishadi va shu tariqa guru ruhining davomiyligini mazkur kitob bajarishiga e’tiqod qilishadi.
O‘z navbatida, sikxlar Adi Grantxni «Guruning tirik timsoli» deb atashadi. Shunga ko‘ra, sikx ilohiyotshunoslaridan biri: «Bu – din asoschisi tomonidan tuzilgan va aslini yo‘qotmagan dunyodagi yagona muqaddas kitob”ligini da’vo qilgan. Bundan tashqari, Adi Grantx qariyb 300 yil davomida sikxizmda birlik manbai sifatida xizmat qilgan. Shu sababli ham doktrinaviy bahslar ko‘p holatda , agar kerak bo‘lsa, tasodifan, maslahatlashish bilan tugaydi. Sikxlar Adi Grantxga nisbatan sirli tuyg‘ularga ega va uni ikona sifatida qabul qilishadi. Shubhasiz, uning qiroatining musiqiy tabiati hissiy kuchiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramay, sikxizm, shuningdek, Adi Grantx xabarlari haqida mulohaza yuritish va ma’nosini tushunish muhimligini ta’kidlaydi.
Odatda Adi Grantx sikx ibodatxonasi markaziga joylashtiriladi va dindorlar uchun ziyoratgoh vazifasini o‘taydi. Ibodatxona xizmatchilari uchun har kecha muqaddas kitobni tantanali ravishda yopish kundalik faoliyatdan biriga aylangan. Tong otgach uni yana ibodatxona markaziga olib chiqib, joyiga o‘rnatib ochishadi. Bularning barchasi Adi Grantx sahifalaridagi madhiyalar jo‘rligida amalga oshiriladi. Katta hajmiga qaramay, sikxlar uni qo‘lqop kiyib, boshlari ustida ko‘tarib yurishadi. Kunduzi Adi Grantx nozik ipak bilan o‘ralgan va ibodatxona markazidagi mushtasham chodir ostida maxsus to‘shakka yotqizilgan bo‘ladi. Sikxlar uning atrofida yurish, ta’zim qilish, o‘qilishini tinglash va ba’zida unga ibodat qilish uchun kelishadi. Ular hech qachon unga nisbatan orqa o‘girib turishlari mumkin hisoblanmaydi. Granti (Adi Grantx o‘quvchi ruhoniy – ma’lumotlarga ko‘ra, sikxlar bunday vazifadagi insonni “ruhoniy” deb atashni xato deb hisoblashar ekan) muqaddas kitobni o‘qiyotganida nafasi muqaddas kitobga tegmasligi uchun og‘izini oq sharf bilan yopib oladi. Sikx erkaklar navbatma-navbat uni sikxizmning ramzlaridan biri bo‘lgan “chaur” [chowr] deb nomlangan, ot yoyi yoki tovus tuklaridan yasalgan supurgi bilan tozalab turishadi. Muqaddas Kitobga asoslangan bu faoliyat har kuni ma’badda davom etadi, haftalik xizmat yo‘q, lekin Shimoliy Amerika va Yevropadagi sikx jamoalari ushbu xizmatni haftada bir marotaba amalga oshiriladi. Shuningdek, ikki kecha va kunduz davom etadigan maxsus festivallarda grantilar guruhi tomonidan Adi Grantxni uzluksiz og‘zaki o‘qish muqaddas kitibga oid xizmatlardan hisoblanadi. Har bir hayot sikli (tug‘ilish, uylanish, vafot etish) bilan bog‘liq marosimlar qaysidir ma’noda Adi Grantx atrofida sodir bo‘ladi. Adi Grantxning nusxasi eskirgan yoki rekonstruksiya qilib bo‘lmaydigan darajada zararlanganda, uning «jasadini» yo‘q qilish uchun sikx dindori kabi rasmiy krematsiya xizmati o‘tkaziladi. Umuman olganda, sikxlarning barcha ibodatlari Adi Grantx bilan bog‘liq, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yuqoridagi kabi tartib asosida sikxlar uylarida ham Adi Grantxga nisbatan hurmat va xizmat ko‘rsatishlari talab etiladi. Hatto, boy sikxlar xonadonida faqat Adi Grantxni o‘qishga mo‘ljallangan alohida xona ajratiladi. Deyarli har bir boshqa sikx xonadonida Adi Grantxning eng muhim qismlari antologiyasi va Dasam Grant ning bir nechta parchalarini jamlagan gutka mavjuddir. Shuning uchun odatda Grantxni kundalik o‘qish uyda o‘tkaziladi. Japji va boshqa uzun qismlarni yoddan erta tongda qiroat qilish odatiy holdir va bu amaliyot ko‘pincha bir soatdan ko‘proq davom etadi. Dindor sikxlar Adi Grantxning katta qismini yoddan kunduzi ham, kechasi ham, ayniqsa, kundalik majburiy besh vaqt ibodat vaqtida maxfiy o‘qishlari odatga aylangan.
Sikxizm muqaddas kitobidan foydalanishda asosan xotira mashqlariga e’tibor qaratilishi “vak lao” – «Xudoning so‘zini qabul qilish» deb tushuniladi. Uyda yoki ibodatxonada Adi Grantxni o ’qishni iroda qilgan sikx uni istagan sahifasini ochib, chap sahifaning yuqori qismidan o‘qishni boshlashi mumkin bo‘ladi. Bunday vaziyatda “vak lao” alohida ahamiyatga ega, deb hisoblanadi va sikxlarning fikricha, Xudo qaysi sahifani ochishga ilhom beradi. Binobarin, sikx adi Grantxning qaysidir sahifasini ochib o‘qishga kirishganda Xudo unga O‘z so‘zlarini qiroat qilib berishiga ishoniladi va bu so‘z dindor hayotiga so‘zsiz singishi lozimligi ta’kidlanadi.
“Grantx”da quyidagi tillardagi so‘zlar uchraydi: panjob (ko‘plab sikx gurulari, xususan, bxagat (avliyo) Shayx Farid va boshqalarning so‘zlari), sindi (Guru Arjan so‘zlari), sanskrit (Guru Nanak, Guru Arjan va boshqalarning so‘zlari), gujarot va maratxi (bxagat Namdev va Trilochan so‘zlari), g‘arbiy hind (bxagat Kabir so‘zlari), sharqiy hind (saroy shoirlari so‘zlari), sharqiy apabxramshas (bxagat Jaidev so‘zlari), forsiy (bxagat Namdev va Guru Nanak) so‘zlari.
Sikxizm ta’limotiga ko‘ra, Guru Grantx Sohibni turli tillarga tarjima qilish tavsiya etilmaydi, balki undan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim olish kerakligi ta’kidlanadi. Biroq, uni o‘rganuvchilar tomonidan “bunday taqiq ushbu kitobni ikkilamchi tarjima orqali o‘rganish va din haqidagi savodsizlik darajasini oshiradi” deya tanqid qilinadi. Mazkur taqiqlarga qaramay, Guru Grantx Sohibning sindiga ilk tarjimasi 1959 yilda Bxarat Jivan nashriyotida Jetxanand B.Lalvaniy tomonidan amalga oshirilgan. U o‘zining ichki imkoniyatlarini tasarruf qilgan holda mazkur nashrdan 500 nusxa chop ettirdi. Hatto Lalvaniy 1963 yilda ushbu nashrni qayta chop etish uchun qarz olishga ham majbur bo‘lgan.

Sikxiylik dini

Tarixiy Obidalar

Scroll to Top