Sintoiylik dini
Sintoiylik dini
Sintoiylik dini
VII-VIII asrlarda toʼla shakllangan Sintoiylik (xitoycha, “shin”,“sin”– Xudo va “dao”, “to” – yoʼl, yaʼni, Xudolar yoʼli) yapon xalqi diniy eʼtiqodi, afsonalari va marosimlari majmui boʼlishi bilan bir qatorda unda tabiat hodisalari, ajdodlar ruhi, magiya hamda shomonlikning elementlarini yaqqol uchratish mumkin. Keyinchalik Xitoydan konfutsiychilik va Koreyadan kirib kelgan buddaviylik (bukkyo)dan farqlanib turishi uchun XVI asrda Yaponiya (Nippon)ning milliy diniga aylantirildi. 1549 yilda Yaponiyaga xristianlikning kirib kelishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shunday boʼlsa–da, bugungi kunda yapon orollarida yuqoridagi dinlarning barchasiga birdaniga yoki har biriga alohida eʼtiqod qiluvchi aholi mavjud. Yapon xalqi anʼanalarining eng qadimgi yozma manbasi “Kodziki” (“Qadimiy ishlar haqida qaydlar”) boʼlib, 712 yilda malika Gemmey tavsiyasi bilan zobit Ono Yasumaro tomonidan fenomenal xotiraga ega qoʼshiqchining afsonalari asosida yozilib, jamlangan. Unda Yaponiyaning yaratilishidan 628 yilgacha boʼlgan davr voqealari aks etgan. 701 yilda yozilgan “Tayxore” qonunlar majmuasida sintoiylik aqidasi va marosimlariga oid masalalar aks topib, diniy bayramlarning rasmiy roʼyxati kiritilgan. 720 yilda aslida 31 jilddan iborat (1 jildi saqlanmagan) “Nixongi” (“Nixon seki” – “Yaponiya solnomasi”) kompilyativ qaydnomalar yagona kitob sifatida jamlangan. Shuningdek, qadim yaponlarning diniy qarashlari “Fudoki” (VIII asr), “Kogosyui” (807–8 yil), “Sinsen Syodziroku” va “Engi siki”(927 yil) asarlarida aks topgan. 1087 yilda imperator oilasi qaramogʼida boʼlgan sintoiylik ibodatxonalarining mukammal roʼyxati tuzildi. Unda 7 ta imperatorlik, 7 ta tarixiy va muhim mifologik hamda 8 ta mahalliy kamilarning ibodatxonalari haqida batafsil yoritilgan. Qadim yaponlarning diniy tasavvurlari boshqa xalqlarning eʼtiqodiy qarashlari bilan uygʼunlashib ketgan. Shunga qaramasdan, sintoiylik aynan qurama mifologiyaga boyligi bilan oʼziga xos din sifatida yashab kelmoqda.
Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, azalda hukm surgan tartibsizlik oqibatida ilk bora Takama–noxara (Fazo) va Akitsusima (Quruqlik, orol) hamda bir nechta ma’budlar juftliklari paydo bo‘lgan. Ma’budlarning o‘zaro birlashuvi natijasida Idzanaki (Kimni taklif qiluvchi) va uning singlisi Idzanami (Nimani taklif qiluvchi) vujudga kelgan. Idzanami samoviy ko‘prikdan ummon yuziga tushib, unda Onnogoro (Butun dunyoning o‘rta ustuni) orolini yaratgan. Ular orolda jiblajibonni kuzatib, o‘zlarining jinsiy mansubligi va uning mohiyatini anglab yetishgan. Dastlabki yaqinlik vaqtida xato qilishgani bois ulardan qaddini ko‘tara olmaydigan Xiruko (zuluk) tug‘ilgan. Keyingi yaqinlikdan yapon orollari va Olov kami (ma’bud) si tug‘ilib, o‘z onasini o‘ldirib qo‘ymagunicha bir qator kamilar tug‘ilgan. Oqibatda jahl ustida Idzanaki aybdorni boshini uzib tashlagach, undan oqqan qonlardan esa boshqa ko‘plab kamilar paydo bo‘lgan. Keyin u Yerosti saltanati (Sariq buloqlar mamlakati)ga jahannam ta’mini tatib ko‘rgani uchun ozod qilinmayotgan Idzanamini qutqarish maqsadida tushgan. Idzanami oldiga Idzanakining tunda kelmaslik sharti bilan Qasos kamisi ularga yordam bergan. Biroq Idzanaki ahdga vafo qilmagani uchun Idzanami qurtlar bilan o‘ralgan chirigan jasadga aylanib qolgan. Idzanaki esa zulmat saltanatining sakkiz nafar dahshatli jodugarlarining quvg‘iniga uchragan. U ortidagi ta’qibdan o‘zining dubulg‘asi yordamida najot topgan. Ammo Idzanami ham eriga qarshi bosh ko‘tarib, zulmat saltanatining Chaqmoq kamisi va bir yarim ming nafar qo‘shin bilan uning ortidan tushgan. Idzanaki ularning yo‘lini tog‘ va qoyalar bilan to‘sgan. Oqibatda ularning alohida olamlari vujudga kelgan. Shu zaylda tun kelishi bilan Idzanami o‘z domiga minglab jonzotlarni tortadi, Idzanaki esa dunyo sahroga aylanib qolmasligi uchun yana shuncha jonzotlarni yaratishda davom etavergan. Nihoyat Idzanaki poklanish marosimi orqali o‘lim kamisiga teginishi natijasida sintoiylik panteonining eng oliy kamisi Quyosh Amaterasu (Buyuk samo chirog‘i) va ayyor bo‘ron va shamol kamisi Susanoo (Ummon sohibasi) paydo bo‘lgan.
Sintoiylikda panteonida Ame–no Minakanusi–no, Takami Musubi–no va Musubi–no kamilari mashhur hisoblanadi. Ulardan yuqorida Amaterasu Ninigining nevarasi, yapon imperatorlar sulolasining yaratuvchisi Amaterasu Omikami turadi. Son–sanoqsiz kamilarning avlodlari kelishi davomida ilk ma’bud va insonlarning Idzumo hamda Kyusyu nomli ajralish davri hukm surgan. Kyusyu davrida hozirgi Yaponiya imperatorlarining ajdodi hisoblanadigan afsonaviy qahramon Yamato dunyoga kelgan.
II Jahon urushi tugagunicha sintoiylar yapon imperatorlarini iloh sifatida ulug‘lab kelgan. Shundan so‘ng Yaponiya parlamenti maxsus doktrina asosida imperatorlarning ilohiy kelib chiqishini bekor qilgan bo‘lsalar–da, hozirgacha imperatorlar vafot etgach, kamilarga aylanadi deb e’tiqod qiluvchilar mavjud. Shu aqida asnosida jangda halok bo‘lgan askar kamiga aylanishi, ya’ni Kamikadze (Sharaf yo‘lida jonini fido qilish) tushunchasi shakllangan.
Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, vertikal olamlar Samoviy, Yer va Yerosti (Marhumlar saltanati)ga, gorizontal esa Yer (Toyouke) va Cheksiz fazoga bo‘linadi.
Dastavval qadim insonlarning jamoalari tabaqasiga muvofiq o‘z kamilariga ega bo‘lgan. Biroq Amaterasu– omikami imperatorligining boshlanishi natijasida barcha kamilar ungagina bo‘ysunishga majbur bo‘lgan. VII asrda imperiyani markazlashtirish maqsadida kamilar uchun ibodatxonalar qurib, ularni muqaddaslashtirish siyosati boshlandi. X asrga kelib mamlakatda ibodatxonalarning soni 3000 dan ortib ketgani yuqoridagi siyosatga jiddiy yondoshilganidan darak beradi.
Sinto ta’limotining asosida tabiat va insonning birgalikda mavjudligi g‘oyasi yotadi. Ta’limotga ko‘ra, olam kami, inson va marhumlarning ruhlari yashash makoni hisoblanadi. Kamilar doim barhayot bo‘lib, o‘lim ular uchun qayta tug‘ilish, yangilanish charxpalagi vazifasini o‘taydi. Ammo bu tarzdagi jarayon abadiy bo‘lmay, balki u Yerning mavjudligiga bevosita bog‘liq xolos. Sinto ta’limotida xoloskorlik tushunchasi mavjud emas. Shuning uchun ham inson hayoti davomidagi yashash tarzi, harakati va amallariga qarab, o‘zining o‘rnini belgilab borishi kerak. XIX asr ikkinchi yarmida Imperator Meydzi islohotining dastlabki yillaridan boshlab, u “Dzingikane” (“Sinto ishlari bo‘yicha departament”)ni tuzib, uni buddaviylikdan ajratdi va kamilar huzurida qasamyod qabul qilgan holda, sintoiylikni Yaponiyaning rasmiy dini sifatida e’lon qildi (Islohotga qadar buddaviylik rasmiy din maqomida bo‘lgan). 1868–1946-yillar davomida sintoizm davlat dini maqomida bo‘ldi.
Sinto ruhoniylari esa “Dzingikane”ning xodimlari bo‘lib keldi. Shunga qaramasdan, Yaponiyada hukumat diniy e’tiqod erkinligini tan olishga majbur bo‘lgani boshqa dinlarning ham erkin faoliyatiga olib keldi. Biroq, 1896 yilda qabul qilingan Meydzi konstitutsiyasiga ko‘ra, faqatgina rasmiy din faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Oqibatda “Dzingikane” vakillari XIX asr ikkinchi yarmigacha shakllanib kelgan yangi diniy oqimlar faoliyatiga tahdid bo‘lmasligi uchun ularni sinto ta’limoti bilan bog‘liq jihatlarini ko‘rsatishga urindilar. 1876–1908 yillar ichida 13 ta yangi diniy oqimdan 12 tasi sintoiylikka mansub deb ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular Kurodzumi Kyo (asoschisi Kurodzumi Munetada), Konko Kyo (asoschisi Kavate Bundziro), Sinto Syusey Xa (asoschisi Nitta Kuniteru), Idzumo Oyasiro Kyo (asoschisi Senge Takatomi), Fuso Kyo (asoschisi Sisino Nakaba), Misogi Kyo (asoschilari Inone Masakane shogirdlari), Sinsyu Kyo (asoschisi Yosimura Masamoki), Dzikko Kyo (asoschisi Sibata Xanamori), Sinto Taysey Kyo (asoschisi Xirayama Sosay), Ontake Kyo (asoschisi Simoyama Osuka), Sinto Taykyo (asoschisiz), Sinri Kyo (asoschisi Sano Sunexiko) va Tenri Kyo (asoschisi ayol Nakayama Miki, undan 1970 yilda Xommiti oqimi ajralib chiqdi) hisoblanadi.
Yaponiyada 1871 yilda aksariyat sinto ibodatxonalari davlat idorasi maqomini oldi. Bunda hukumatning diniy tashkilotlar ustidan bevosita nazoratni o‘rnatish maqsadida iyerarxik tizim ishlab chiqildi. Ibodatxonalarda ruhoniylikning nasldan naslga o‘tishi bekor qilinib, ular imperatorlik departamenti qaramog‘idagi xodimlarga aylandi.
II Jahon urushidan so‘ng Yaponiyaning kapitulyatsiyasi bilan birga 1946 yilda imperator Xiroxito xalqqa murojaat qilib, o‘zining ilohiy kelib chiqishini bekor qildi.
Shundan so‘ng Yaponiya konstitutsiyasiga bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, 1947 yilda Yaponiya konstitutsiyasi din davlatdan ajratilgani haqidagi modda bilan tasdiqlandi. Shunga qaramay, 1952 yilda imperator Xiroxitoning o‘g‘li Akixito sinto marosimlari asosida taxt vorisi deb e’lon qilinib, uning nikoh to‘yi o‘tkazildi. 1989 yilda imperator Xiroxitoning vafot etishidan so‘ng davlat miqyosida sintoiylikka e’tibor yanada kuchaydi. Uning o‘g‘li Akixito sinto marosimlariga binoan o‘zining ilohiy kelib chiqishi g‘oyasini qayta tiklab, imperator bo‘ldi. Hozirgi kunda imperatorning ilohiy kelib chiqishi haqidagi ta’limot keng tarqalib, hatto darsliklarda ham aks topgan.
Yapon xalqi an’analarining eng qadimgi yozma manbasi “Kodziki” (“Qadimiy ishlar haqida qaydlar”) bo‘lib, 712 yilda malika Gemmey tavsiyasi bilan zobit Ono Yasumaro tomonidan fenomenal xotiraga ega qo‘shiqchining afsonalari asosida yozilib, jamlangan. Unda Yaponiyaning yaratilishidan 628 yilgacha bo‘lgan davr voqealari aks etgan.
701 yilda yozilgan “Tayxore” qonunlar majmuasida sintoiylik aqidasi va marosimlariga oid masalalar aks topib, diniy bayramlarning rasmiy ro‘yxati kiritilgan. 720 yilda aslida 31 jilddan iborat (1 jildi saqlanmagan) “Nixongi” (“Nixon seki” – “Yaponiya solnomasi”) kompilyativ qaydnomalar yagona kitob sifatida jamlangan. Shuningdek, qadim yaponlarning diniy qarashlari “Fudoki” (VIII asr), “Kogosyui” (807–8 yil), “Sinsen Syodziroku” va “Engi siki” (927 yil) asarlarida aks topgan.
“Kodziki” – sintoizmning muqaddas uch matnlar (Kodziki, Nixongi va 645 yilda yong‘in paytida yo‘qolgan Kudziki – “O‘tgan ishlar haqida yozuvlar”) to‘plami tarkibida birinchi o‘rinda turuvchi, qadimgi yapon adabiyotining yirik namunalaridan biri. “Kodziki” matnlari tili haqida turli qarashlar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, u katta miqdordagi yapon iyeorgriflari aralashgan xitoy tilida yozilgan. Boshqa bir talqinga binoan esa, uning tili yapon yozma adabiy tili shakllanayotgan davrga xosdir. O‘z navbatida, “Kodziki” matnlari qadimgi adabiyot namunalaridan bir nechtasini mujassam etgani sababli uning janrini ham aniqlash murakkab masala sanalgan. Chunki u bir vaqtning o‘zida mif va afsonalar hamda qadimgi qo‘shiq va tarixiy voqealar majmuadir. Uning so‘zboshi qismidagi ma’lumotlarga ko‘ra, saroy mulozimlaridan O-no Yasumaro tomonidan imperator oilasining ilohiy kelib chiqishi va bu rishta muttasil davom etishi ifodalangan yapon xalqi orasidagi mifologik va qahramonlik dostonlari yozib olingan, yapon qissanavisi Xieda-no Are esa ularni bir yerda jamlagan. “Kodziki”ni jamlash ishlari 712 yil –imperator Gemmey hukmronligi davrida nihoyasiga yetgan. “Kodziki”ning qadimgi va nisbatan to‘liq varianti “Simpukudzi kitobi” deb nomlanadi hamda bunday nom u Nagoye shahridagi Simpukudze ibodatxonasida saqlanib kelinganligi uchun berilgan. Ushbu nusxa 1371-1372 yillar oralig‘ida rohib Ken’yu tomonidan yaratilgan.
“Kodziki” o‘ram shaklidagi uch kitobdan iborat. Ularning orasida birinchi kitobga ko‘proq e’tibor va qiziqish bildiriladi. Chunki unda asosan dunyoning yaratilishi, jumladan Yerni va unda Yamato mamlakatini yaratilishini ifodalovchi turli miflar jamlangan. Shuningdek, unga Yer yuzidagi ilk insonlarning qahramonliklari, ayniqsa, qadimgi yapon qabilasining afsonaviy yetakchisi Yamato Kamuyamato Ivare-xiko (Yaponiyaning birinchi imperatori Dzimmaning vafotidan keyingi nomlanishi) hayot yo‘li ko‘rsatilgan qahramonlik afsonalari kiritilgan.
“Kodziki”ning ikkinchi kitobi esa turli folklor materiallari bilan yapon xalqining qiziqishi ostida turadi. Undagi voqealar xarakteri tadrijiy ravishda afsonaviylikdan tarixiy reallik kasb etgan. Ya’ni, unda Yamato Kamuyamato Ivare-xikoga ilohiy podshohlik rutbasi berilishi ifodalangan hikoyalardan tortib yapon qabilalarini birlashtirgan Xomuda-vake (Yaponiyaning 15-imperatori, vafotidan so‘ng Odzin deb nomlangan, 270-310 yy. hukmronlik qilgan) imperatorligining so‘nggi davriga qadar bo‘lgan tarixiy voqealar to‘plangan.
“Kodziki”ning uchinchi kitobiga esa dastlabki ikkisiga nisbatan kamroq qiziqish bildiriladi. Unda, milodiy 628 yillar atrofidagi tarixiy voqealar va hukmron sulolalar haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
“Nixon-syoki” Yaponiyaning qadimgi yozma yodgorliklaridan biri. U 720 yilda shakllangan. Olam, Yer va Yaponiya imperatorligi tarixini turli miflar va qo‘shiqlar orqali ifodalagan “Kodziki”dan “Nixongi”ning farqi, unda asosan 697 yilga qadar hukmronlik qilgan yapon imperatorlari genealogiyasi haqida to‘liq ma’lumot berilgan. “”Nixongi”ning “Kodziki”dan yana bir farqli jihati u qadimgi yapon tilida emas, balki diplomatik munosabatlardan kelib chiqib klassik yapon tilida yozilgan.
Davr nuqtai nazaridan biri ikkinchisidan uzoq bo‘lmagan har ikki manba (Kodziki/Kojiki va Nihyon-syoki) talqini garchi mazmunan o‘zaro o‘xshash bo‘lsa ham, mutaxassislar xulosasi bo‘yicha, ular ayrim xronologik jihatdan quyidagi muayyan davriy farqlanishlarga ega:
1. Agar «Kojiki» o‘zida Ootomo, Mononobe kabi qadimgi nasllar ustunligiga xos tarkibni ifoda etgan bo‘lsa, «Nihon syoki» Fujirava nasli va uning davridagi oliy zotlarni ulug‘lagan.
2. «Kojiki»ga qiyosan «Nihon syoki» mazmuni ancha boyroq. Chunki bir xil afsonalar, rivoyatlar va ma’lumotlar hamda hukmdorlar faoliyati keyingi «Nihon syoki» manbaida 697- yilgacha batafsil bayon qilingan. «Kojiki»da esa, ancha qisqa, ya’ni Suykoning hukmdorlik davrigacha – 628- yilgacha.
3. Agar har ikki manbadagi ma’lumot va xabarlarni xronikal tarzdagi piramida shaklida tasavvur qilinsa, «Kojiki»da ma’lumotlar muxtasar ravishda qadim zamondan ibtido olgan. «Nixon syoki»da esa, undan farqli o‘laroq, nisbatan yaqin o‘tmish voqealarining ancha keng miqyosdagi detallashgan shakli ifoda etilgan.
Ma’lumki, har qanday tarixiy asarlarning yaratilishida unga xizmat qilgan yoki uning yozilishiga turtki bo‘lgan omillar uchraydi. Bu holat aynan Xitoy tarixi to‘g‘risidagi manbalarga ham tegishli, masalan, mashhur Sima Syan yaratgan «Tarixiy qaydlar»ga. Xuddi shuningdek, yaponlarda ham ayni holatni kuzatish mumkin, xususan, «Nihon syoki»ning yaratilishida. Binobarin, hozirda mutaxassislar aniqlashicha, ushbu solnomaning yuzaga kelishida yetti manba asos bo‘lgan:
1. Hukmdor xonadonlar haqidagi ma’lumotlar.
2. Ayni shunday boshqa xonadonlar haqidagi ma’lumotlar.
3. Mahalliy ruhda yaratilgan rivoyatlar haqidagi ma’lumotlar.
4. Suyko davrida boshlangan ob-havo qaydlari haqidagi ma’lumotlar.
5. U yoki bu voqealar bo‘yicha yozib borilgan qayd-lar haqaidagi ma’lumotlar.
6. Buddaviy ibodatxonalarining xronikasiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar.
7. Va nihoyat, Koreys hamda Xitoy tarixiy man-balari haqidagi ma’lumotlar.
Shunday qilib, yapon tarixining ikki manbai o‘rtasidagi farqlari garchi davriy ma’noda o‘z yo‘nalishi xususiyatlariga ega bo‘lsa-da, ularda jamlangan ma’lumot va xabarlar Yaponiya tarixiga oid asosiy hujjatli omillarning eng sarasi. Qolgan manbalar matni esa «Kojiki» va «Nihon syoki» bilan uyg‘un yapon uzoq o‘tmishi va o‘rta asrlari hayotiga daxldor ma’lumotlar majmui. Zikr qilingan manbalarda shuningdek, yapon xalqi bayramlari va marosimlariga ham maxsus o‘rin berilgan.
Syoku nihongi-voqealar xronikasi. Bu manba an’anaviy boshqa yapon manbalaridan o‘zining xronikal xususiyatlari bilan farq qiladi. Muqaddam yaratilgan manbalardagi afsona va rivoyatlar bilan yo‘g‘rilgan tarix sahifalarining «Syoku nihongi»da reallik ruhini ixtiyor etgan-ligini ko‘ramiz. Ya’ni, Yapon tarixidagi turli davrlar xronikasi o‘z vaqtida imperator tomo-nidan ta’sis etilgan qonunlar va uning farmon-lari majmuini o‘zida aks ettirgan.
«Agar afsona va rivoyatlar hamda tarix bayo-nining badiiy xususiyatlari bois «Nihon syoki» 39 yil mobaynida yaratilgan bo‘lsa, «Syoku ni-hongi» matnidagi tarixiy voqelar xronikasi v-zirlikning arxiv bo‘limi tomonidan 6 yilda yozib tugallangan».
Darvoqe, bizga avval ma’lum bo‘lgan «Kojiki» va «Nihon syoki» manbalariga qaraganda «Syoki nihongi» o‘zining xronikal asosidan tashqari yana shunday bir xususiyati bilan muhim. Ya’ni kelgusi avlodlarga o‘tmish ajdodlar faoliyati tarixidan aniq dalolat berishi bilan. Manbadagi ma’lumotlar odatda ushbu nashrga mas’ul etilgan xos mulozimlar tomonidan yig‘ilgan.
Shu bois ularda istifoda etilgan faktlar an’-anaviy ta’rif uslubidan xolis holda berilgan. Demak, mulozimlarning bunday real bayoniy uslubi an’anaviy bayon tafsilotidan farq qilgan. Masalan, shu tarzda «Syoki nihongi» matnida berilgan kohin «Gyogi» haqidagi ma’lumotlar o‘z aniqligi bilan e’tiborga loyiq: «717-yilga oid birinchi qaydda o‘ziga ishongan ommani o‘z yolg‘on pand-nasihatlar bilan aldagan «ojiz kohin» bayon etilgan. Keyingi 745-yilga oid qaydda esa uning buddaviy jamoaning boshlig‘i etib tayinlangani xabar qilingan…».
Ma’lumki, doim Yaponiya aholisi orasida son jihatdan ko‘pchilikni dehqonlar tashkil qilgan. Binobarin, ular – o‘zining ayni shu jihati bilan davlat asosi bo‘lgan va «Syoku nihongi» mazkur omil xalq hayotining barqarorlik negizi sifatida ta’riflangan: «Xalq bu – davlat. Agar u birdam bo‘lsa, butun mamlakat xotirjam va barqaror. Va uning hayoti farovonligi uchun eng muhimi, bu – dehqonchilik va ipakchilik».
Yapon tarixiy manbalarida «xalq hayotining barqarorligi» va uning qanday omillarga asoslanishi haqida qayd etilgan sahifalarida, albatta muayyan ma’noda tinchlik-xotirjamlik ramzi bo‘lgan turli bayram va marosimlar ham nazarda tutilgan.
Sintoiylikda asosan tabiat hodisalari, ajdodlar ruhi va umuman mavhumlikka sig‘inish asosiy o‘rinda turadi. Shuning uchun ham ta’limot shakllanishining ilk davrlarida ibodatxona yoki muqaddas joylarning ahamiyati bo‘lmagan. Bunda yaponlarning asosan dehqonchilik bilan shug‘ullangani va u bilan bog‘liq turmush tarzi muhim rol o‘ynagan.
Arxeologik qazishmalar natijasida qadim yaponlarning diniy tasavvurlarini ifodalay oladigan neolitik madaniyat (Dzyomon) davriga xos loydan yasalgan ayollar haykalcha (Dogu)lari va silliq toshlardan sayqallangan silindr shaklidagi timsol (Sekibo)lar topilgan. Keyingi davr (Yayoy)da yaponlar suyak va toshbaqa toshlarida fol ochish amaliyotini keng qo‘llaganlar. So‘nggi ko‘hna davr (Kofun) da yaponlarda dafn marosimlari shakllangan, unda hali hamon dinshunoslar uchun sirli bo‘lgan marhumni to‘rt oyoqda qo‘yish odati bo‘lgan.
Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, kamilarning yashash qarorgohi tog‘, o‘rmon va sharshalar deb e’tiqod qilingani uchun ibodatxonalar ham iloji boricha shunday landshaftlarda qurilishini kuzatish mumkin.
Ibodatxonalar oddiy yog‘och (ise, idzumo)dan bino qilinib, bezaklarda xitoy arxitektura uslubidan foydalaniladi.
Sintoiy ibodatxonalarida kamilarga bag‘ishlangan ibodat va marosimlar o‘tkazilishi bilan bir qatorda turli qahramonlarga e’tiqod qilinadigan maskan vazifasini ham o‘taydi. Ibodatxonalar o‘zining maxsus kamilar sharafiga ixtisoslashtirilgani bilan ajralib turadi. Xususan, Yasukuni ibodatxonasida marhum yapon harbiylari ehtirom qilinadi.
Ko‘plab dunyo dinlaridan farqli ravishda sintoiylik ibodatxonalari o‘zining qadimiy an’analarini saqlab qolishga emas, balki zamona bilan hamnafas yangilanib turishga moslashgan. Jumladan, sobiq imperatorlik Ise ibodatxonlari har 20 yilda qayta ta’mirlanib turiladi. Bunday yangilanish nafaqat marosimlarda, shu bilan birga arxitektura an’analarida ham o‘z aksini topib boradi. Shuning uchun Yaponiyadagi ibodatxonalarning qaysi biri eng qadimiy ekanini aniqlash murakkab.
Sinto ibodatxonalarining asosiy binosi Xonden (Ilohiylikka bag‘ishlangan) bo‘lib, uning ichida kamining ruhi o‘rnashib olgan deb, e’tiqod qilinadigan Sintay (Kamining jasadi) mehrobi joylashgan. Sintay vazifasini kamining ismi yozilgan daraxt shoxi, yog‘och yoki tosh bo‘lishi mumkin. U doimo maxfiy saqlanadi. Ibodatxonalarda ma’budlarning rasmlari bo‘lmasa–da, biror bir kamining qiyofasi aks etgan hayvonlarning surati bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari ibodatxonalarda Xayden (Toatchilar xonasi), Sinsendzyo (Muqaddas taom xonasi), Xaraidzyo (Qarg‘ish xonasi), Kaguraden (Raqs xonasi) va boshqa qo‘shimcha imoratlari bo‘lishi mumkin.
Ibodatxona hududiga kirib borishda Torii (Tavaqasiz eshiklar) bo‘lib, ular kamilar bilan muloqot qilish vositasi hisoblanadi. Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, biror bir yirik muvaffaqiyatga erishgan kishi toriiga qurbonlik bag‘ishlashi lozim bo‘ladi. Shuningdek, ibodatxonalar binosining yuqori qismida kamilarning doimiy marosimlarda ishtirokiga atalgan Simenava (eshilgan guruch poxoli) osilgan bo‘lishi mumkin. Sintoiylikda odamlarga ibodatxonalarni uzluksiz ziyorat qilish majburlanmagan. Shu asnoda har bir yapon xonadonida Kamidana (Shaxsiy mehrob) bo‘lishi an’anasini shakllantirib, u orqali kamini ulug‘lash marosimi o‘tkazilib kelinadi. Kamidana qarag‘ay yoki sakaki daraxtlari novdalari bilan bezatilgan tokcha bo‘lib, unga turli ma’budlarning ismlari yozilgan taxtacha va tumorlar qo‘yiladi.
Sinto ibodatxonalarida amalga oshiriladigan arkonlar sodda va ixcham. Ta’limotga ergashuvchilar ibodatxonaga kelgach, mehrob oldidagi yog‘ochli katak yashikka tanga otib, toat qilishdan oldin ma’budlarni o‘ziga jalb qilish maqsadida chapak chaladilar. Sintoiylikka ko‘ra, kishining yakka tartibdagi duo qilishi biror bir odat yoki matnga asoslanmay, balki istalgan tilakning fikran aytilishi kifoya hisoblanadi. Shuning uchun sintoiylar niyatlarini pichirlab va maxfiy so‘rashni afzal biladilar. Duolarni oshkora ravishda o‘qilishi rasmiy marosimlarda ruhoniylar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Sintoiylik marosimlari kamilarni ulug‘lash va ularga atab turli ibodatlar qilish asosiga qurilgan. Shu orqali ulardan rahm–shafqat va himoya so‘raladi. Sintoiylikda ibodat marosimlari juda puxta va aniqlik bilan ishlab chiqilgan. Unda e’tiqod qiluvchining yakka holda yoki jamoaviy tarzda amalga oshirishi zarur bo‘lgan ibodat arkonlari o‘rin olgan. Sinto ta’limotida Xarai (Xaraigusi, poklanish marosimi) muhim bo‘lib, suv bilan qo‘l yuvilib, og‘iz chayiladi. Shu bilan birga sho‘r suv yoki tuzni odamlarga sochish orqali ommaviy poklanish marosimi ham mavjud. Hosillik ramzi Sakaki daraxti bilan bog‘liq qurbonlik marosimi esa musiqa sadosi, raqs va ruhoniylar tomonidan o‘qiladigan Norito (duolar) ostida kamilarga murojaat qilish bilan olib boriladi.
Shuningdek, sintoiylikda zilzila va turli ofatlardan panoh tilash maqsadida kami ramzlari bilan ko‘chalar oralab yurgan holda, Sinko (Muqaddas aylanish) va bo‘lajak inshootlar qurilishi oldidan Dzitinsay (Yerni tinchlantirish) marosimlari o‘tkaziladi.
Sintoyilikning turli rang–barang bayramona marosimlari esa Matsuri deb ataladi. Ibodatxonalarda turli marosim, bayram va tadbirlar dabdabali tarzda olib boriladi. Ayniqsa, yirik ko‘lamdagi bayramlar rang– barang mushakbozlik, tantanavor musobaqa va paradlar bilan o‘tadi. Bunday bayramlarda boshqa din vakillarining ommaviy ishtirokiga mone’lik bo‘lmaydi. Marosimning eng avjida taxtiravon ko‘cha bo‘ylab aylantiriladi. Unda kamining o‘tirib kelayotganiga e’tiqod qilinadi.
Sinto ta’limotiga ko‘ra, qon, kasallik va o‘lim poklikka putur yetkazgani uchun badani qon bemor, dardman yoki azadorlar ibodatxonalarni ziyorat qilishi mumkin emas. Shuning uchun sintoiylikda marhum bilan bog‘liq amaliyot va dafn marosimi shakllanmagan. Bugungi kunda esa bunday tadbirlar ibodatxona hududidan tashqarida amalga oshiriladi.
Sintoiylikda ruhoniylar Kannusi deb ataladi. Ular Gudzi (oliy ibodatxona ruhoniylari), Negi (o‘rta ruhoniylar) va Gonegi (quyi ruhoniylar) martabalariga bo‘linadi. Bunda kannusilik martabasi maxsus bilim va malakaning ustoz shogird orqali meros bo‘lib o‘tishi ta’minlanadi. Bu esa alohida kannusilik maktablarining paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Ibodatxonalarda kannusilar bilan bir qatorda Miko (kannusilarning yordamchilari), musiqachi, raqqos va diniy xodimlar faoliyat ko‘rsatishadi.
Kannusilar ibodat vaqtida maxsus oq rangli kimano, qat–qat tannura (yubkasimon kiyim) va qora rangli bosh kiyimda bo‘ladilar.
Bugungi kunda Yaponiyada 80 mingdan ortiq sintoiylik ibodatxonalari, sinto ruhoniylarini tayyorlaydigan Kokugakuin (Tokio) va Kagakkan (Ise) universitetlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi



