Hinduiylik dini

Hinduiylik dini

Hinduiylik tarixi

Dunyoga “hinduiylik” nomi bilan tanilgan din bashariyatning eng qadimiy e’tiqodlaridan biri hisoblanadi. Lekin rasman fanda Veda davridan bosh-langan hinduparastlikning faqat so‘ngi bosqichigina hinduizm atamasi bi-lan ma’lum. Shu bois bundan buyon ayrim anglashilmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, quyida Veda va undan tarqalgan barcha dinlarni dinshunoslikda qabul qilingan brahmanizm, jaynizm, buddizm, hinduizm, sikhizm kabi o‘z xalqaro atamalari hamda mazkur e’tiqodlardagi kishilarni esa jaynparast, buddaparast va hinduparast deya qayd qilishni ma’qul ko‘rdik. Aslida hind dinining ilk nomi «varnashrama» bo‘lib, bu atama mazmunan hind jamiyatining ma’naviy va ijtimoiy jihatdan to‘rt tabaqaga bo‘linishini bildiradi. Qadimdan Hindistonda tabaqa tizimi tufayli yuzaga chiqqan diniy-ijtimoiy munosabatlarning jamiyatda chuqur ildiz otganligining sababi ham shunda. Hind diniy e’tiqodining dastlabki manbai Veda, o‘z mohiyati bilan har bir hind uchun tabiatning inson aqli bovar qilmaydigan qudratli kuchlari irodasiga bo‘ysunish, ularni e’zozlab marhamatiga noil bo‘lish va bu yo‘lda qurbonliklar qilish kerakligi haqidagi taronalardan tarkib topgan diniy qomusdir. Bu «ilohiy kalom»ning quyi tabaqa vakillaridan sir tutilishi maxsus ko‘rsatmalarda uqtirilib, ularning so‘zsiz bajarilishi qat’iyan talab etilgan. Vedani o‘rganish va o‘rgatish to‘g‘risidagi shartlarning jamiyatdagi ustuvorligi Beruniyning nazaridan ham chetda qolmagan: «Veda – muqaddam ma’lum bo‘lmagan bilim. Uni hindlar Oliy tangrining «Brahma» tilidan aytgan so‘zlari, deb ishonadilar. Vyasadeva tomonidan to‘rt qismga bo‘lingan vedalarni «brahman»lar «kshatriy»larga o‘qitadi va kshatriylar ularni biror boshqa kishiga o‘qitish huquqidan mahrum holda o‘rganadilar. «Vayshiya» yoki «shudra»ga vedalardan og‘iz ochish u yoqda tursin, aqalli ularni eshitish ham man qilinadi. Agar ulardan birortasi shu ish bilan shug‘ullangudek bo‘lsa, brahmanlar uni tilini kesib jazo beruvchi hokim huzuriga olib boradilar. Vedalar (tarkiban) farmoyish va taqiqlar, cheklangan yo to‘laqonli rag‘batlantirish va qo‘rqitish, mukofot va jazo (holatlari)ni o‘z ichiga oladi. Ularning katta bir qismi esa hamdu sano hamda mushkul va sanab adog‘iga yetib bo‘lmas olov-otashga tashlanadigan qurbonliklar (haqidagi ko‘rsatmalar)dan iborat. Hindlar vedalarni faqat muayyan ohanglarga solib kuylash vojib bo‘lganligi uchun ham ularni yozib olish taqiqlangan, deb o‘ylaydilar. Zero, ular qalamda yozilgan matn (asl) mazmunni ifodalashga ojizligidan – biror narsa qo‘shilib ketishi yoki tushib qolishidan qo‘rqadilar. Shu sababdan ham ular vedalarni ko‘p marotaba yo‘qotganlar». Rivoyatlarda vedalarning yodaki o‘zlashtirilishining asosiy sababi qilib qadimda odamlarning bag‘oyat aqlli, xotirjam va kuchli bo‘lganligi tufayli, bir bor eshitganini esda saqlab qolish qobiliyati zo‘rligidan matnlarni o‘qib o‘rganishga hojat bo‘lmaganligi ko‘rsatilgan. Bu gapda jon bor, albatta. Diniy manbalarni yod olish odati keyingi dinlar, jumladan is-lomda ham kuzatilgan: «Rasululloh va mo‘minlar Qur’ondan biron bir oyat yo‘qolmasligiga ishonchlari komil edi. Bunda yozishdan ko‘ra yod olish qobiliyatiga e’timod qilinardi. Arablar o‘zlarining muhofaza quvvatlariga juda ishonar edilar. Shuning uchun ham ular Qur’ondan nimaki nozil bo‘lsa, darhol dillariga jo etardilar. Sahobalarning Qur’onni yod olishga bo‘lgan zavqu shavqlariga da-lolat qiladigan xabarlar ko‘p». Ammo bunday jarayon o‘rnini ma’lum sabablarga ko‘ra, ertami-kechmi, axir borib xat-savod egallashi muqarrar edi. Hindlarda ushbu voqeaning ne boisdan yuz berganligi quyidagi asosda izohlanadi: «Borgan sari inson umrining qisqarishi, xotirasining kuchsizlanishi bois bundan besh ming yil muqaddam Vedani birinchi bor Vyasadeva «kalyug»– oxirzamon odamlari uchun yozma ravishda qog‘ozga tushirgan. Keyin esa, u savodxon oiladan chiqadigan ziyolilarning aql-zakovati imkoniyatlarini hisobga olib, vedalarning tub mazmuni mag‘zini tushunishga yordam beruvchi «upanishadlar» va «puranlar» singari manbalarni yaratgan. Shuningdek, u o‘z ustozi Naradaning ixtiyori bilan uning tabarruk og‘zidan «Vedanta-sutra», ya’ni «Vedalarning so‘ngi so‘zi»ni yozib olgan». «Vedanta-sutra» yozilishining ikkinchi bir sababi «Bhagavadgita»da batafsil berilgan bo‘lib, unda «vedalar tafsiri» maqomidagi asarlarni nima uchun tartib etilganligi shunday eslatilgan: «Unutuvchan jonzotlar ya’ni shartli ruhlar (odamlar) moddiy dunyo faoliyatiga berilib ketib, Oliy tangri bilan o‘z ibtidoiy aloqalarini yo‘qota boradilar. Xuddi o‘shalarning tafakkur quvvatini qayta ruhiy olamga jalb qilish uchun Krishna-dvannayana Vyasa o‘zidan Veda adabiyo-tiga taalluqli asarlarni qoldirgan. U avval Vedani quyidagi tartibda to‘rt qismga bo‘lib, ularning mohiyatini puranlarda sharhlagan: 1. Rigveda – Tangri va tabiat madhiga bag‘ishlangan hamdu sanolarning she’riy majmui. 2. Samaveda – Rigveda va qisman boshqa vedalar matni uchun bastalangan ohanglar majmui. 3. Yajurveda – qurbonliklarning inson hayoti-dagi mohiyati va xosiyatiga oid masalalar majmui. 4. Atharvaveda – sof ma’nodagi oriyona duoyu afsunlar va ular bilan omixta g‘oyalar majmui. Shundan keyin, u nisbatan iqtidori past kishilar uchun bir qismi «Bhagavadgita»dan iborat «Mahabharata» eposini yozgan va oxirda Veda adabiyotini «Vedanta-sutra»da umumlashtirib, uni kelajak avlodlar tushunib yetishlari uchun «Shrimad-Bhagavad» nomi bilan tafsirlagan». Taxminan «miloddan avvalgi VII asrga mansub vedanta tizimi Shri Shan-karacharyaning qayta tafsiridan so‘ng yanada ommalashgan». Bu ulug‘ donishmandning hinduizm targ‘iboti xususidagi xizmatlari haqida juda ko‘p taniqli din va davlat arboblari yozishgan, shu jumladan Javohirlal Nehru ham: «Shankaracharya Hindiston ma’naviy hayoti tarixida o‘tgan barcha podsho va imperatorlardan ko‘ra muhimroq rol o‘ynagan. U hinduizmni qayta tiklashni o‘z maqsadi deb bilgan. Alloma Hindistonning qay bir go‘shasiga bormasin, oddiy avom va nufuzli zotlar chuqur hurmat-e’tibor bilan uning istiqboliga chiqqanlar. Nihoyat, Shankar mamlakat bo‘ylab qilgan o‘z safarining oxirgi manzili bo‘lgan Banorasga qurolyarog‘ bilan emas, balki bemisl aql-zakovati sharofati bilan g‘olib sifatida kirib kelgan. Va u o‘z umrining so‘ngi pallasida Himolaydagi doimiy qorlar makoni Kedar-nathda dunyodan ko‘z yumgan. U shunda o‘ttiz ikki yoki nari borsa, yoshi undan sal ulug‘roq edi. Shankar o‘z qisqa umrida brahmanizm ruhidagi diniy e’tiqod hamda hind madani-yatining tiklanishida har jihatdan tahsinga sazovor fidoyilik namunasini ko‘rsatgan». Din va eng keng ma’nodagi madaniy-ma’rifiy tushunchalar qadimdan hindlar nazdida doim o‘zaro bir-biriga yondashib kelgan. Chunki Veda ada-biyotining nafaqat diniy yo‘nalishda, balki ko‘hna hind falsafasi, huquq-shunosligi, psixologiyasi, etika va estetikasi, tabiati, tili, urf-odatlari va ijtimoiy hayot shakllarini ilmiy tadqiq etishda ham ahamiyati juda katta. Shu sababdan Vedani o‘qish-o‘rganish shartlariga binoan quyidagi «vedangi – olti ilm»ni egallash vojib bo‘lgan: 1. Shiksha – so‘z bo‘g‘inlari ilmi. 2. Kalpa – marosimlarni ado etish ilmi. 3. Vyakaran – til grammatikasi bo‘yicha ilm. 4. Nirukta – so‘zning kelib chiqishi haqidagi ilm. 5. Chhandas – she’riyatdagi qofiya, vazn haqidagi ilm. 6. Jiyotish – astronomiya va astrologiya haqidagi ilm. Ushbu shartlarga qo‘shimcha sifatida yana «vidhan» ilmidan boxabar bo‘lishlik tavsiya etilgan, zero bu ilm Veda matnlarini to‘g‘ri talaffuziga – qiroat bilan o‘qishga bag‘ishlangan. Ayrim zamonaviy tadqiqotlarda oriylar va eroniylarning muayyan davrlarda bir xil ilohlarga sig‘inganligi, diniy manbalari va marosimlarining ham o‘zaro o‘xshash bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Va bunday omilga asos qilib Rigvedaning Avesto matniga yaqin ekanligi ta’kidlangan. Hattoki, til va e’tiqoddagi mushtaraklikdan kelib chiqib, ba’zi nashrlarda qachonlardir har ikki xalq qabilalarining bir yerda yashaganliklariga ham ishora qilingan.

Vedalarda butun tabiatning ilohiy ekani haqidagi ta’limot ilgari suriladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Hindiston ko‘pxudolikning o‘chog‘i hisoblanadi. Undagi tasavvurlarda biri ikkinchisidan yuqori bo‘lgan, ikkinchisi, aksincha, pastroq bo‘lgan qator ilohlar siymosi namoyon bo‘ladi. Biroq bu darajalar to‘xtovsiz almashinib turadi. Vedalar ilohlari orasida “eng ulug‘i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi” bo‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Eng yuqori hokimiyat ham ko‘pchilikka tegishli. Bir vaqtning o‘zida bir xudo butun borliq hukmdori bo‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe bo‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo‘lgan bir paytda, Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo‘ysunadilar. Xuddi shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishli. Bu belgi veda ilohiyotiga ham xosdir.
Vedalarda xudolar – osmon, quyosh, havo, yer, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Ular sirasiga Dyaus, Varuna, Indra kabi turli osmonlarni boshqarib turuvchi xudolar kiradi. Biroq Varuna keyinchalik suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan.
Quyosh xudolari. Rig Vedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo‘lishidan besh xudo yuzaga kelgani haqida so‘z yuritilgan. Ularning eng qadimiysi Mitra “do‘st”dir. Surya quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishi hisoblanadi. U yunonlardagi Apollon kabi yetti ot biriktirilgan g‘ildirakli aravalarda tasvirlangan. Savitri esa, quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Pushan muruvvatli hisoblanib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi. Ularning yana biri Vishnuvedalarda zikr qilingan va keyinchalik unutilgan xudolar orasida abadiy hisoblangan va hozirda butun Hindistonda ulug‘lanadi.
Havo xudolari. Bu xudolar qatoriga Ashvina va Savitar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qo‘shiladi.
Ular boshida osmon podshosi va oriylar milliy xudosi Indra turadi. U avvalo, ikkita sariq otga qo‘shilgan g‘ildirakli aravada turuvchi jang xudosidir va oriylar urug‘ining yetuk sardori ramzidir. Dastavval, Indra hind an’analarida chaqmoq xudosi sifatida namoyon bo‘lgan. Biroq bosqinchilar tomonidan ko‘p yillar davomida olib borilgan urushlar uni urush xudosiga aylantirdi. Yomg‘ir xudosi Panjanya, shamol xudosi Vayyular vedalarda aniq keltirilmagani bois, ular Indra bilan umumlashgan holda tasvirlangan. Yana bir xudo Rudna bo‘lib, odamlarning unga nisbatan cheksiz qo‘rquvlari ularni doimiy ravishda Rudnaga bag‘ishlab madhiya va duolar o‘qishga undagan. U Rig Vedada Shiva – “yoqimli” nomi bilan zikr etiladi.
Yer xudolari. Yer xudolarining eng ulug‘i yerda quyoshning, havoda chaqmoqning, yer ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov xudosi Agnidir. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U odamlar qurbonliklarini xudolarga yetkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan va biror qurbonlik uning vositasisiz xudolarga yetib bormaydi, deb hisoblangan.
Ayol xudolar qatoriga tong va tong nuri ma’budasi Ushas, daryo xudosi Sarasvatilar kirgan. Sarasvati keyinchalik braxmanlikda so‘z xudosi sifatida tasvirlangan.

Miloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o‘rtalarida Sharqiy Yevropadan Hindistonning shimoli–g‘arbiy qismi, hozirgi Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali o‘zlarini “oriylar” deb atagan jangari xalqlar bostirib kelib, Hindistonni istilo qila boshladilar. Ular o‘zlari bilan muqaddas yozuvlari, sanskrit tilidan tarjima qilinganda “muqaddas, ilohiy bilim” ma’nolarini anglatuvchi, Vedalarni ham olib kelgan edilar. Vaqt o‘tishi bilan, oriylar tomonidan olib kelingan mazkur matnlar butun hind xalqining eng muqaddas manbasiga aylanib qoldi. Hind muqaddas kitoblari ikki qismga “Vahiyga tayanuvchi” – Shruti va “Dostoniy” – Smitriga ajraladi. Vedalar bulardan Shrutiga kiradi.
Vedalar ibodat masalalari, marosim, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlar, ilohiy qo‘shiq, niyoz, duo, yashash qoidalari, tilsim va sehr kabi mavzulardan iborat. Shuningdek, Vedalar, “Rishi” deb nomlanuvchi g‘ayritabiiy kuchlar bilan aloqada bo‘la oladigan kishilarga “vahiy” qilingan, deb e’tiqod qilinadi.
Hindistonning 3500 yillik tarixini yoritib beruvchi Vedalar 4 bo‘limdan tashkil topgan:
Rig Veda – “Madhiyalar vedasi” – 1017 ta qo‘shiqdan tashkil topgan. Har bir qo‘shiq 10 ga yaqin satrdan iborat. Bu qo‘shiqlar o‘nta kitob, ya’ni Mandalaga bo‘linadi. Ular ichida eng uzuni 191, eng qisqasi 43 ta qo‘shiq mavjud. Rig Veda vedalar ichida eng muhimi va qadimiysi hisoblanadi. Unda o‘ziga xos adabiy vazn mavjud bo‘lgani sababli u baland ovozda o‘qiladi. Bu veda shukr va istak, ulug‘lash shaklidagi duolar, jang paytida aytiladigan she’rlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Rig Veda Avestoning ba’zi jihatlarini ham ochib bergani sababli ko‘plab noaniq afsonaviy shaxslar bu ikki manbani bir–biri bilan qiyoslash natijasida paydo bo‘lgan.
Rig Vedaning qadimiy hindlar madaniyatidagi o‘rnini tushunish uchun kitobning paydo bo‘lish tarixiga ham nazar solish lozim. Oriy qabilalarining ko‘chib kelishlari ko‘p asrlarga cho‘zilgan va juda keng miqyosni qamrab olgan uzoq jarayon bo‘lgan. Oriylar bu mintaqaga kelganlarida ularning nafaqat jang aravalari, balki xudolarga bag‘ishlangan, jangchilarning jangovar ruhini qo‘llab–quvvatlovchi, dushman ustidan g‘alaba qilishlari, shon–shuhrat, boylik, erkak avlod qoldirish, taraqqiy etish uchun bo‘lgan intilishlarini aks ettiruvchi madhiyalari mavjud bo‘lgan. Bu madhiyalar ruhoniy oilalarida og‘izdan– og‘izga, avloddan–avlodga o‘tdi va keyinchalik kitob holiga keltirildi.
Rig Veda Hindiston hududi, asosan, Panjob, Hind daryosi havzasida yagona asar holiga keltirildi va Shimoliy Hindistonning miloddan avvalgi II–I ming yilliklarida yuz bergan voqealari haqida ma’lumot beruvchi yagona manbai hisoblanadi.
Rig Veda xudolarga aytilgan madhiyalar to‘plami, ya’ni diniy yodgorlik bo‘lib, uning mualliflari – rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriylar tomoniga og‘dirish bo‘lgan. Ular madhiyalarni kuylab xudolarni maqtaganlar, qahramonlik va sharaflarini ulug‘laganlar, qurbonlik keltirish marosimlariga taklif etilganlar, oriylarni qo‘llab–quvvatlash hamda hayot farog‘atlarini ato etishlarini so‘raganlar. Xudolarga ta’cir etishning eng asosiy yo‘li – ularga madhiya aytish, deb hsoblaganlar.
Sama Veda – “Qo‘shiqlar vedasi” hisoblanib, u Rig Vedadan olingan qo‘shiqlar, shuningdek, turli xil mavzulardagi rohiblar o‘qiydigan nazmiy madhiyalardan iboratdir.
Sama Veda hozirgi kungacha ikki tahrirda yetib kelgan: Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya (Rānāyaniya). Kautxuma to‘plami 1810 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, undan faqatgina 76 tasi Rigvedada uchramaydi, qo‘shiqlar, asosan, Rig Vedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo‘lib, ular tantanali qurbonlik marosimida rohiblar tomonidan o‘qiladi.
Kautxuma ham o‘z navbatida ikki qismdan iborat: birinchi kichikroq bo‘lgan hajmi Agni, Indra ilohiyotlariga, ikkinchisi Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan iborat. She’rlar orasida ichki bog‘liqlik bo‘lmay, ular tartibi marosimlarning borishiga qarab belgilangan. Bu she’rlar ohang bilan qo‘shiq tarzida aytish uchun mo‘ljallangan. Ushbu vedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qo‘shiqlarni o‘rgatishdan iborat. Hindistonda hozirgacha vedalarni kuyga solib kuylovchilar – samavedinalar saqlangan bo‘lib, ularning turli maktablari mavjud.
Yajur Veda – “Qurbonliklar vedasi”dir. Uning asosiy qismini qurbonlik qilish usullari – yajus tashkil qiladi. Mazkur yajuslar qurbonlik marosimning ma’lum bo‘limlarida juda past ovozda ijro etiladi, ular ma’nosini esa marosimning o‘tkazilish tartibidan kelib chiqib tushunish mumkin. Yajuslarning ba’zi qismlari nazm, ba’zilari esa nasr shaklida yozilgan bo‘lib, qurbonlik bilan bog‘liq so‘z va duolarni o‘z ichiga oladi.
Yajur Veda tarkibi marosim, yajus va mantralar, Braxmana sharhlari kabi uch qismdan iborat.
Yajur Veda matni turli marosim o‘tkazuvchi braxmanlar maktablari tomonidan qayta ishlangan shakllarga ega. Hind an’anasiga ko‘ra, vedaning bu maktablari Qora va Oq Yajur Vedaga bo‘lingan. Qora Yajurvedaning turli maktablarga xos bo‘lgan Katxaka, Kapishtxala–Katxa, Maytrayani, Tayttiriya kabi qayta ishlangan shakllari mavjud. Uning “qora” deb atalishiga sabab unda she’riy yajus va mantralardan tashqari nasriy izohlar, ya’ni braxmana qismining mavjudligidir. Oq Yajur Vedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor. U faqat yajus va mantralardan iborat bo‘lib, nasriy izohlardan holi bo‘lgani uchun “sof, oq” deb nomlanadi.
Atxarva Veda – “Afsun va jodular vedasi” koinot bilan bog‘liq, mistik parchalar va sehr bilan aloqador duolardan iborat. O‘sha davrda afsun va jodular olov ustida bajarilgani sababli, u afsonaviy ruhoniy Atxarvana – “Olov ruhoniysi” nomi bilan uzviy bog‘liq.
Braxmanlar, bu matnlarni hayotning turli davrlarida o‘qib yurishga majburdirlar. U boshqa vedalardan keyingi davrlarda yozilgan bo‘lib, 730 ta ilohiyni o‘z ichiga oladi. Bu veda xalq ishonchlari, donishmandlik va sehrgarlik kabi mavzularda ma’lumotlar beradi.
Atxarva Vedada ruhoniylarining asosiy ibodati hisoblangan Somaga qurbonlik qilishga umuman e’tibor qaratilmagan. Shuning uchun ham u yuqoridagi uch vedaga e’tiqod qiluvchilar tomonidan tan olinmagan. Ushbu vedaasosan oila atrofida markazlashgan marosimlar bilan bog‘liq. Shu tufayli, Atxarva Veda o‘zidan avvalgi uch vedadan o‘z marosimlarining negiz va mohiyati bilan farqlanadi, asosida uzoq o‘tmishga borib taqaladigan xalq sehrgarlik marosimlari yotadi.
Atxarva Veda 6000 she’rdan iborat 371 madhiyani o‘z ichiga oladi. Ular jami 20 kitobda jamlangan.

Hinduiylikning muqaddas kitobi vedalar, «Mahobxarata» (ayniqsa uning «Bahagavadgita» va «Ramayana» qismlari) va b.q. da asosiy xudolar — Shiva, Vishnu, Brahmaga sig‘iniladi. Ularning ko‘rinishi sifatida ko‘plab mahalliy xudolar e’tirof etiladi. Hinduiylikda tog‘lar, daryolar (xususan, Gang), o‘simlik (mas, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi. Turli g‘ayritabiiy hodisalar ham sig‘inish obyekti hisoblanadi. 
Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi.
Qadim zamonlardan ulug‘ bayramlar qatorida muqaddas joylarni ziyorat qilish Hindiston diniy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Vedalarda faqatgina ayrim joylarni ziyorat qilishga ruxsat etilgan bo‘lsa, Maxabxaratada Hindistonning shimolida joylashgan bir necha muqaddas ziyoratgohlar aniq ko‘rsatib o‘tilgan. 20 Ommaviy ibodatxona marosimlari uydagi ibodatlardan ko‘ra tantanaliroq tus oladi. Dindorlar birgalikda diniy madhiyalarni kuylash, Ramayana va boshqa an’anaviy diniy matnlarning qismlaridan o‘qish uchun yig‘iladilar. Ibodatxona marosimlariga ziyoratchilar uzoq joylardan tashrif buyuradilar. Ibodatxonada tantanali yurish o‘tkaziladi,ba’zan xodimlar naylar , barabanlar va mash’alalar bilan ma’budni ma’budaning karorgohiga kuzatib boradilar, va u yerda ular birgalikda tong ottiradilar. Ibodatxona bayramlari o‘z ichiga kuy, raqslar va dostonlarning teatrlashtirilgan qismlaridan tashkil topadi. Eng muhim ibodatxona bayramlari, masalan Puridagi (Orissa) Djagannatxa bayrami butun Xindistondan ziyoratchilarni jalb qiladi. Djagannatxaning ulkan haykalini yog‘och aravaga joylashtiradilar, dindorlar shaxar ko‘chalari bo‘ylab ushbu aravani tortib yuradilar. Ziyorat induist hayotining eng muhim qismini tashkil qiladi. Hindistonda ziyoratchilar ibodatxona marosimlarida ishtirok etish uchun oqib keladigan yuzlab ziyoratgohlar hamda poklanish uchun muqaddas hisoblangan daryolar mavjuddir. Asosiy ziyoratgoxlar Shimoliy Xindistondagi Banoras (Varanasi), Xardvar, Matxura va Allaxabad; Janubiy va markaziy Xindistondagi Madurai, Kanchipuram va Udjdjaynlardir. Xindistonning turli qismlarida bayramlar uchun maxsus taqvimlar tuzilgan.Eng mashhur bayram – Divali – oktyabr oxiri yoki noyabr boshlarida nishonlanadi. Divali –yangi yil bayramidir.Lekin u Xindistonning turli qismlarida turli xil ma’no kasb etadi. Divalida marosim shamlari yoqiladi,sovg‘alar almashiniladi, ibodatlar esa Lakshmiga, boylik va farovonlik ma’budasiga qaratilgan bo‘ladi. Bahorgi Xoli bayrami ko‘cha raqslari va yurishlar, gulxanlar yoqish va turli erkinliklarga berilish bilan nishonlanadi: odamlar bir-birlariga bo‘yoqli kukunlar sepishadi yoki ustilariga bo‘yoqli suvlardan sochishadi. Boshqa mashhur marosimlar qatoriga Shimoliy Xindistonda vayshnavlar tomonidan nishonlanadigan Dasharani eslab o‘tish joizdir, bundan tashqari Maxarashtrdagi Ganapati, Orissa va Pongaldagi Dolayatr yoki arg‘imchoqlar bayrami, Janubiy Xindistondagi guruch bayrami va boshqalardir. Ibodatxonalar Hinduiylikda sig‘inish murtilar vositachiligida amalga oshiriladi, ularni ma’lum darajada xristianlikdagi ikonalar bilan solishtirish mumkin. Murtilar sig‘inayotgan hindi va uning sig‘inish obyekti o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Murtilar ma’budning namoyon bo‘lishi sifatida qaralib, undan farq qilinmaydi. Barcha joyda xoziru nozirlik ma’budning xislatlaridan biri bo‘lganligi sababli, U shuningdek, odamlarning o‘ziga sig‘inishini yengillashtirish uchun murti orqali namoyon bo‘ladi. «Padma-puranda», xususan, aytilishicha, murti oddiy tosh yoki yog‘och bo‘lagi sifatida qaralmasligi kerak — balki murti ma’budning to‘g‘ridanto‘g‘ri manifestatsiyeyasidir. Hinduiylikdagi Arya-samadj kabi ba’zi oqimlar, ma’budga murti orqali sig‘inishni qabul qilmaydilar. Har bir induist 21 ibodatxonasi odatda ibodatxonaning to‘ridagi murti shaklida belgilangan biron bir asosiy ma’budga yoki ma’bud shakliga yoki bir necha boshqa ma’budlar avatarlariga bag‘ishlangan bo‘ladi. Ba’zi ibodatxonalarda bir necha asosiy murtilar bo‘ladi. Ibodatxonalarni ziyorat qilish majburiy emas. Ba’zi xindular ibodatxonalariga faqat diniy bayramlarda keladilar. Sig‘inish obektlari – murtilar Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy va ramziy sohalardagi juda ham murakkab tizimi unga e’tiqod qiluvchilarning turlicha talqinida yana ham murakkablashib ketadi. Garchi, hinduiylik ilohiyotchilari tomonidan uni animistik va butparastlik asoratlaridan tozalab, taraqqiy etgan dinlar qatoriga ko‘tarishga harakat qilsalar-da, xalq ommasi doirasida u juda ham sodda, but va ruhlarga sig‘inish xususiyatlarini to‘la saqlagan holda davom etmoqda.
Hinduiylikda ibodat hamma joyda amalga oshirilishi mumkin. Ibodatxonalar mavjud, lekin jamoat holida emas, yolg‘iz holda amalga oshiriladi. Hindlarning mushtarak bir ibodat timsoli “Om”dir. Om so‘zi, musulmonlardagi “bismilloh” kabi ovqatlanishdan, Vedalarni o‘qishdan, duodan va har qanday ishning boshlanishidan oldin aytiladi. Om, ilohiy kuchquvvat bilan to‘la, muqaddas va sirli so‘z sifatida qaraladi. Uzun va maxsus nafas olgan holda aytiladi. Bu so‘zning harflari, Braxmani yoki BraxmaVishnu-Shiva uchligini ifodalaydi. Hind, tongda erta turib, uyda yoki daryo bo‘yida amalga oshiruvchi ibodati uchun tayyorlanadi; tangrining nomini zikr qiladi, yuvinadi, Gayatri Ilohiysini o‘qiydi. Tongi ibodatida yuzini “qibla”ga qaratgan holda o‘tirib, vujudining atrofiga yengilgina suv sepadi. Nafasini nazorat qiladi. Tangrisining butiga yolvoradi. Tushda va kechqurun mana shu holatlarni takrorlaydi. Butga hadya nazr qiladi. Boshqa tangrilar, ajdodlarga, musofirlarga, faqirlar va muqaddas sigir kabi hayvonlarga yemish (taom) lar beradi.
Hinduiylikdv sigir yeru-ko‘k va havo olamining onasi sifatida bilinadi. Sigir va xo‘kizlar ko‘chalarda, savdo- sotiq va ish joylarida bemalol yuradi; yo‘lga yotib olsalar, yo‘l harakati qoidalari shunga qarab tartibga solinadi. Ularni so‘yish va yeyish mumkin emas. Hindistonda o‘simliklar bilan oziqlanuvchilar ¼ ni tashkil qiladi. Shuning bilan birga musulmon bo‘lmagan hindlar ham cho‘chqa go‘shtini yemaslikka odatlanganlar. Uylarda umumiy holda sig‘iniluvchi butga xoslangan bir maxsus xona yoki burchak bo‘ladi. Bu joylarda Vishnu yoki Shivaning buti saqlanadi. But, muqaddas ilohiylar o‘qilgan holda yog‘lanadi. Uning oldida o‘tirilib, tafakkurga sho‘ng‘iladi. Tutatiqlar tutatiladi. Muqaddas xona yoki burchakning oldiga chiroqlar, gullar va yeyiladigan narsalar qo‘yiladi. Butlarga atab suv to‘kiladi. Hinduizmda ibodatxonalarda amalga oshiriluvchi ibodatlar, uydagilardan biroz takomillashgan tarzda amalga oshadi. Braxmanlar, kechaning oxirgi sakkizinchi soatida muqaddas mantlarni o‘qigan holda butni uyg‘otadilar. Sur chalinib, tashqaridagilarga ibodatning boshlanganligi bildiriladi… Ibodatxonasiz qishloqlar yo‘q. Shaharlarda esa katta va ulkan ibodatxonalar mavjud bo‘lib, ular baland devorlar bilan o‘ralgan va ularning yonida muqaddas yuvinish uchun xoslangan hovuzlar bo‘ladi. Hinduizmning ba’zi mazhablarida boshliqlarga ilohlik nisbat berilib, ulug‘lanadi. O‘lib ketgan qahramonlar va azizlarga ham yordam uchun duolar qilinadi. Jinlarning mavjudligiga ishoniladi va ulardan qo‘rqiladi. Hindistondagi yetti muqaddas ziyoratgohining eng mashhuri bu – Banorasdir.
Farzand tug‘ilishi sharafiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosim go‘dakning kindigi kesilmasidan avval o‘tkaziladi. Tahminan o‘n kunlar atrofida unga ism qo‘yiladi. Yuqori kasta vakillari orasida o‘g‘il bolaning balog‘at yoshiga yetishi munosabati bilan muhim marosim – Upanayana o‘tkaziladi. Bolaga, u butun umri davomida bog‘lab yuradigan muqaddas bog‘ich bog‘lanadi.
Uzoq davom etuvchi nikoh marosimi davomida nikohlanuvchilar kiyimlarining etaklarini bir-biriga bog‘lagan holda muqaddas olov atrofida aylanadilar. Yangi turmush qurganlar abadiy birga bo‘lishga qasam ichadilar. Odatga ko‘ra beva ayol ikkinchi bor turmushga chiqishga haqsizdir. Qadimgi paytlarda esa yuqori kastalarda beva, o‘lgan eri bilan birga, tiriklayin yoqib yuborilgan.
Hindlar o‘liklarni yoqib, kullarini Ganga daryosiga oqizadilar. Avvallari ayollar, o‘lgan erlari bilan birga ko‘milganlari holda hozirda bu odatdan voz kechilgan. Ko‘plab oilaviy marosimlar hayotning asosiy voqealari bilan bog‘liqdir. Marosimni oilaviy ruhoniy – pandit boshqaradi. Ko‘pchilik yuqori kasta vakillari orasida odatda bu ruhoniy Braxman bo‘lib u muqaddas matnlarni kuylab, qurbonliklarni ma’bud haykali ostiga joylaydi.
O‘liklarni jon chiqqan zahoti yoqishni boshlab yuborishadi. Kulini esa Gang yoki boshqa bir muqaddas daryoga oqizishadi.12 kun davomida marhumning oila a’zolari o‘likni ruhini tinchlantirish uchun xar kuni sut va qaynatilgan guruchdan tayyorlangan pishiriqlarni daryoga oqizishadi, Yuqori kastaga tegishli an’anaviychi hindlar, vaqti-vaqti bilan, avloddan-avlodga o‘tib boruvchi shraddxa – ajdodlarni eslash marosimini o‘tkazib turishadi. Ayrim ilmiy tadqiqotlarda hindlarning Islomga kirishiga asosiy sabab qilib quyidagi qulay sharoitlar ko‘rsatilgan: yangi e’tiqoddagi hind musulmonlarining aqliy, jismoniy faoliyat, ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, mansab- martabada cheklanmasliklari, og‘ir va mashaqqatli, ayniqsa, chiqindilarni tozalash kabi ishlarni bajarishga mahkum etilmasliklari va umuman tabaqa tizimidan ozod bo‘lishliklari. Bundan tashqari, muqaddam zikr etilganidek, islom tajribasidagi mavjud, ya’ni aslida turli e’tiqod va millatlardan bo‘lgan musulmonlarda o‘z o‘tmish marosimlarining milliy xususiyat sifatida saqlanib qolish hollari Hindistonda ham o‘zgarmadi

Krishnaiylik (“International Society for Krishna Cosciousness”, boshqa nomlari – «Xare Krishna», «Vayshnavizm») – Hindistondagi qadimiy diniy qo‘lyozmalar (vedalar) asosida tashkil etilgan diniy yo‘nalish hisoblanib, unga hind millatiga mansub, «A.Ch.Bxaktivedanta Svami» taxallusi va «Shri Prabxupada» unvoni bilan mashhur bo‘lgan Abxay Shiran De (1896-1977) ismli shaxe asos solgan.
Krishnaiylikning markaziy tashkiloti – Krishnani anglash xalkaro jamiyati (ISKCON) 1965 yili AQSHda ro‘yxatdan o‘tgan.
Krishnaiylik dini ta’limoti yakkaxudolikka asoslangan. Yagona va mutlaq xudo sifatida Krishna tan olinadi. Tashkilotning diniy ta’limotida A.Ch.Bxaktivedantaning «Bxagavad-gita», «Shrimad-Bxagavatam» asarlari va boshqa Veda matnlari muqaddas hisoblanadi. Asosiy aqidaviy qarashlar quyidagi tamoyillarga tayanadi:
– koinotda Krishna – oliy ilohiy shaxs hukmronlik kiladi, u abadiy, yaratilmagan va cheksiz shakllarga kirish (avatara) krbiliyatiga ega, uning turli, masalan, Budda, Iyegov, Rama kabi ismlari bo‘lishi mumkin;
– insonda ikki mustaqil tabiat mujassam bo‘lgan: o‘limga
duchor bo‘luvchi tana va abadiy ruh. Inson ruhi xudoning ma’naviy
mazmuniga o‘xshash bo‘lib, faqat mikdor jihatidan farq qiladi;
– «shayton» tushunchasi yo‘q, uning o‘rnida qisman odamlarni
haqiqatdan yiroqpashtiruvchi moddiy energiya – «mayya», qisman esa
Krishna dushmani sifatida ta’riflanadigan iblis va jinlar haqidagi
tushunchalar ishlatiladi;
– yaqin vaqt ichida Yer o‘zining oxirgi davri – Kali-yugani
boshidan kechirib, Krishnaning oxirgi ko‘rinishi – Kalka qiyofasida
kelishi (avatara) amalga oshadi, deb sanaladi;
– hunduiylik panteonidagi boshqa xudolar va o‘zga din
payg‘ambarlari yarim xudo va Krishnaning xizmatkorlari hisob-
lanadi;
– inson ruhi Krishnaning bir qismi hisoblanib, u jismini
almashtirgan holda abadiy yashaydi. Uzluksiz almashinishdan faqat
Krishnaga sodiq odamlar qutilishi mumkin, deb e’tiqod qilinadi.
Krishnachilarning kundalik hayoti yuqorida qayd etilgan maqsadga bo‘ysundirilgan. Ibodat yakka holda yoki jamoa bilan birga meditatsiya qilish, Krishnaga sig‘inishga asoslangan. Krishnachilar xar kuni 1728 marta Krishnani maqtovchi mantra – «Xare Krishna»ni takrorlashi va dinii yetakchi – «guru»ga so‘zsiz bo‘isunishi lozim.
Krishnachilarda to‘rt xil turmush tarzi belgilangan: shogirdlik, oilaviy hayot, oilaviy hayotdan chetlashuv va tarkidunyolik, ya’ni dunyo shplaridan to‘liq chetlashuv.
Krishnaiylik ta’limotini qabul qilgan oddiy a’zolarga yangi —sanskritcha ism beriladi. Jamoa a’zolari hind milliy liboslari qizil yoki to‘q sariq sari kiyib, sochlarini taqir oldirgan holda ko‘llarida 108 ta toshli tasbeh ko‘tarib yuradilar.
Krishnachilar uchun turmush o‘rtog‘i odatda «guru» tomonidan tanlab beriladi. Nikoh zoxid turmush tarzini kechira olmaydiganlarga ;at beriladi. Er-xotin munosabatlari faqat farzand ko‘rish bilan saralab ko‘yilgan.
Krishnachilarning o‘z mol-mulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari rag‘batlantiriladi. O‘zini rohiblikka bag‘ishlagan shaxslar san’yas deb atalib, ular ibodatxona (ashram)da yashaydilar. Ashramlarda qatiy intizom, kundalik ertalabki va kechki ibodat, meditatsiya, ko‘chalarda da’vat ishlarini o‘tkazish yoki qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish belgilab qo‘yilgan.
Jamoa a’zolariga go‘sht, baliq, tuxum yeyish, spirtli ichimliklar, kofe, choy ichish, qimor o‘ynash man qilinadi. Krishnachilarga faol missionerlik bilan shug‘ullanish va tashkilotga tegishli adabiyotlarni ko‘chalarda tarqatish buyurilgan.
Krishnachilarning Djoytir Veda asosida hisoblab chiqiladigan kalendarlari mavjud. Mazkur kalendar bo‘yicha nishonlanadigan diniy bayramlar (Djamanmashta) Krishnaning Matxura va Gaura-Purnima qiyofasida kelgan kuni, Shri Prabxupadaning namoyon bo‘lgan kuni, shuningdek, Krishnaning turli kiyofalarga kirgan kunlari va avliyolarning namoyon bo‘lgan kunlari bilan bog‘liq.
ISKCON tashkilotining asosiy bo‘g‘ini ibodatxonalar bo‘lib, odatda ular qoshida missionerlik markazlari tashkil etiladi. Ba’zi ibodatxonalar qoshida qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi jamoalar, xayriya tashkilotlari tuzilgan. Barcha ibodatxonalar ma’muriy-xo‘jalik faoliyati jihatidan mustaqil hisoblanadi. Diniy jihatdan quyi darajada mintaqaviy Kengashlar, mamlakat miqyosida yirik ibodatxona rahbarlaridan iborat Kengashlarga birlashadi.
Krishnachilarning umumiy soni bo‘yicha ma’lumotlar bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, rossiyalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu dinga e’tiqod qiluvchilar soni bir necha o‘n ming kishini tashkil etadi. Boshqa manbalarda esa krishnachilarning soni bir milliondan ziyod, deb baholanadi. Krishnachilarning umumjahon boshqaruv organi (Governing Body Comisson) G‘arbiy Bengaliyaning Mayapur shahrida joylashgan. AQSHning Los-Anjeles shahrida tashkilotning «Bxaktivedanta Buk Trast» nashriyoti joylashgan. Mazkur nashriyot va uning turli mamlakatlar, jumladan, Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburgda ochilgan filiallarida tashkilotning bosma adabiyotlari nashr kilinadi.
ISKCON tashkilotining sobiq Sovet Ittifoqidagi faoliyati Svami Prabxupadaning 1972 yili Moskvaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, dastlabki ibodatxona 1988 yilda ochilgan.
Dastlabki krishnachilar O‘zbekistonda 1985 yilda paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda krishnachilarning respublikadagi yagona diniy tashkiloti Toshkent shahrida faoliyat yuritmokda.
Krishnachilarning ayrimlari tomonidan respublika aholisi orasida o‘z diniy adabiyotlarini konunga zid ravishda tarqatishga karatilgan xatti-harakatlari, missionerlik bilan bog‘liq konunbuzarliklari kuzatilgan.

Hinduiylik dini

Tarixiy Obidalar

Scroll to Top